2025-yil 30-may kuni bozor uchun muhim voqea sodir bo‘ldi: “CRPT TURON” (Asl belgisi mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori) va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan ushbu hujjat bozorni shaffoflashtirish va qonuniylashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Bu nima degani?
• Kontrafaktga qarshi kurashni kuchaytirish: markirovkalanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanishiga va markirovka kodlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish uchun sa’y-harakatlar birlashtirilmoqda.
• Axborot almashinuvi: “Asl belgisi” va ISAT tizimlari o‘rtasida «Elektron hukumat» idoralararo platformasi orqali markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
• Muammolarni birgalikda hal qilish: ishlab chiqarishdan tortib alkogol va tamaki mahsulotlari aylanmasigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yuzaga keladigan har qanday masala birgalikda ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
• O‘zaro tajriba almashish: bu raqamli markirovka qoidalarining buzilishini tezroq aniqlash va oldini olish imkonini beradi.
Bizning umumiy maqsadimiz — bozorning barcha ishtirokchilari uchun halol va xavfsiz savdoni ta’minlash va iste’molchilarni soxtalashtirishdan himoya qilishdir.
Hamkorlik imzolangan paytdan boshlanadi va besh yil davom etadi. Ishonchimiz komilki, ushbu hamkorlik O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini tartibga solish sohasida sezilarli o’zgarishlarga olib keladi!