“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida O‘zbekistonda mahsulotlarni raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirish taqdim etildi
2025-yil 28-aprel kuni Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” 5-Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Unda “CRPT TURON” kompaniyasi O‘zbekistonda “Asl Belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash milliy axborot tizimini rivojlantirish natijalarini namoyish etdi. Tizim 2021-yilda ishga tushirilganidan buyon mamlakatimizda tamaki mahsulotlari, alkogol, pivo, dori vositalari, maishiy texnika, suv vasalqin ichimliklarni majburiy markirovkalash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari, […]