Tovar aylanmasi ishtirokchilariga marketing aksiyasida qatnashish taklifi: «Yangicha markirovka qiling – katta yutuqqa erishing»

1–bo‘lim. Umumiy qoidalar

1.1. Aksiyani o‘tkazishdan maqsad – tovar aylanmasi ishtirokchilarini «Asl belgisi» mahsulotlarni raqamli markirovkalash milliy axborot tizimining (bundan keyin – xTrace platformasi) shaxsiy kabineti yangi versiyasida ro‘yxatdan o‘tishini rag‘batlantirishdir. Aksiya quyidagi guruhlardagi markirovkalangan tovarlar bilan ishlaydigan tovar aylanmasining amaldagi ishtirokchilari foydalanuvchilari orasida o‘tkaziladi:
«Dori vositalari»,
«Pivo va pivo mahsulotlari»,
«Suv va salqin ichimliklar»,
«Tamaki mahsulotlari».

1.2. Aksiya tashkilotchisi: «CRPT TURON» mas’uliyati cheklangan jamiyati (bundan keyin – «Tashkilotchi»).
Tashkilotchining rekvizitlari: Hisob raqami 20208000005108244001, «Kapitalbank» ATB Mirzo Ulug‘bek filialida (MFO: 01018).
Yuridik manzil: 100007, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Qodiriy ko‘chasi, 78–uy.

1.3. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi

1.4. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari orasida 2025-yil 24-noyabrdan 28-dekabrgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi.

1.5. Aksiya haqidagi ma’lumotlar Tashkilotchining Internetdagi ommaviy resurslarida, jumladan, quyidagi manzillarda (ammo ular bilan cheklanmagan holda) e’lon qilinadi:
https://t.me/aslbelgisi
https://www.instagram.com/asl.belgisi
https://www.facebook.com/markirovka.uzb

1.6. Sovrinlar quyidagicha taqsimlanadi:
1- va 2-o‘rinlar – 2025-yil 24-noyabrdan 28-noyabr soat 20:00 gacha (Toshkent vaqti bo‘yicha) XTrace platformasida ro‘yxatdan o‘tishni yakunlagan foydalanuvchilar orasida;

3-o‘rin – 2025-yil 28-dekabrgacha (shu kun ham qo‘shilgan holda) Toshkent vaqti bilan 28–noyabr kuni soat 20:00 dan keyin ro‘yxatdan o‘tishni yakunlagan foydalanuvchilar orasida.

1.7. Aksiya sovrin jamg‘armasi – har bir tovar guruhi uchun 3 ta o‘rin:

1.7.1.    «Dori vositalari» mahsulot guruhini raqamli markirovkalash tizimi foydalanuvchilari orasida:
Birinchi o‘rin – iPhone 17 Pro Max;
Ikkinchi o‘rin – iPhone 17 Air;
Uchinchi o‘rin – LG rusumli 43UR78006LK. ADKG modelli televizor;

1.7.2.    «Suv va salqin ichimliklar» mahsulot guruhini raqamli markirovkalash tizimi foydalanuvchilari orasida:
Birinchi o‘rin – iPhone 17 Pro Max;
Ikkinchi o‘rin – iPhone 17 Air;
Uchinchi o‘rin – De’Longhi rusumli EC785.BG modelli elektr qahva qaynatgich.

1.7.3.    «Pivo va pivo ichimliklari» tovar guruhini raqamli markirovkalash tizimi foydalanuvchilari orasida:
Birinchi o‘rin – iPhone 17 Pro Max;
Ikkinchi o‘rin – iPhone 17 Air;
Uchinchi o‘rin – POLARIS rusumli PSG6064/80 modelli elektr havo namlagich

1.7.4.    «Tamaki mahsulotlari» mahsulot guruhini raqamli markirovkalash tizimi foydalanuvchilari orasida:
Birinchi o‘rin – iPhone 17 Pro Max;
Ikkinchi o‘rin – iPhone 17 Air;
Uchinchi o‘rin – Yandex Stansiya 2 Alisa bilan aqlli kolonka akustik tizimi, ko‘k rangli YNDX

1.8. Aksiya yakunlari Tashkilotchining xohishiga ko‘ra, ushbu ommaviy ofertaning 1.5–bandida ko‘rsatilgan Internet tarmog‘idagi ommaviy resurslarida joylashtirilishi mumkin. Aksiya yakunlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish Tashkilotchining ixtiyorida qoladi.

2–bo‘lim. Aksiya ishtirokchilari

2.1. Aksiya ishtirokchilari (keyingi o‘rinlarda – Ishtirokchilar) sifatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar aylanmasining ishtirokchilari hisoblangan va taklif etilayotgan Aksiya shartlarini bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar qatnashishlari mumkin.

3–bo‘lim. Aksiyada ishtirok etish shartlari

3.1. Aksiyada ishtirok etish va sovrinlardan birini qo‘lga kiritish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim:

– aksiya boshlanish sanasida «Asl Belgisi» MATda ro‘yxatdan o‘tgan tovar aylanmasining amaldagi ishtirokchisi bo‘lish;

– ushbu taklifda ko‘rsatilgan muddatlar ichida xTrace platformasida ro‘yxatdan o‘tish;

– O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lish.

4–bo‘lim. Aksiya sovrin jamg‘armasi

4.1. Aksiya sovrin jamg‘armasi Tashkilotchi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, Sovrin jamg‘armasi o‘yini o‘tkazilishidan oldin alohida tarzda tuziladi va faqat Aksiya g‘oliblariga sovrinlar taqdim etish uchun ishlatiladi.

4.2. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi ushbu taklifning 1.7–bandida ko‘rsatilgan o‘n ikkita sovrindan iborat.

4.3. Tashkilotchi Aksiya sovrinlari sonini ko‘paytirish, ularni qiymati bo‘yicha o‘xshash sovrinlar bilan almashtirish va (yoki) ushbu ofertada nazarda tutilmagan boshqa sovrinlarni Aksiyaga qo‘shimcha ravishda kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.4. Sovrinlarning pul ekvivalenti Tashkilotchi tomonidan berilmaydi.

4.5. Sovrin olgan shaxslarga soliq solish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotchi ushbu Aksiyada sovrin olish munosabati bilan Ishtirokchining daromadidan yuzaga kelgan soliq to‘lovlarini to‘lamaydi.

5–bo‘lim. Aksiya g‘oliblarini aniqlash va sovrinlarni topshirish tartibi.

5.1. «Yangicha markirovka qiling – katta yutuqqa erishing» aksiyasi g‘oliblari Lizaonair  randomayzeri yordamida, aksiyaning barcha shartlarini bajargan tovar aylanmasi ishtirokchilari orasidan aniqlanadi.

5.2. Sovrinlar yutug‘ini o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha g‘oliblarni xabardor qilish sanasi – 2025–yil 29–dekabr.

5.3. G‘olib Ishtirokchilarni taqdirlash marosimi 2025–yil 30–dekabr kuni soat 12:00 da Tashkilotchining Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 78–uydagi ofisida bo‘lib o‘tadi, aloqa telefoni: +998–78–777–22–22.

Ushbu nominatsiya g‘oliblari mazkur taklifning 3.1–bandida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda Tashkilotchi tomonidan aniqlanadi.

5.2. O‘n ikkita sovrindan birini olish uchun Aksiya g‘oliblari o‘zlari bilan ishonchnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishlari shart.  Ishonchnoma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.

5.3. Agar g‘olibning ishonchli vakili taqdirlash marosimiga kelmasa va Aksiya tugaganidan so‘ng 1 (bir) kalendar oy ichida o‘z sovrinini olmasa, Tashkilotchi ushbu yutuqni bekor qilish huquqiga ega.


5.4. Sovrinni olishda g‘olibning ishonchli vakili barcha zarur hujjatlarni (sovrinni olish jarayoni bilan bog‘liq) imzolash majburiyatini oladi.

5.6. Aksiya g‘olibining ishonchli vakili sovrinni olishda zarur hujjatlarni imzolashdan va (yoki) boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan, shu jumladan talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa, bu g‘olibning sovrinni olishdan voz kechgani deb hisoblanadi.

5.7. Agar g‘olib ushbu taklifda ko‘rsatilgan barcha talablar va shartlarni bajarmasa, tashkilotchi g‘olibga sovrinni berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

6–bo‘lim. Yakuniy qoidalar

6.1. Tashkilotchi Aksiya g‘oliblarini aniqlashda xolislik, halollik, beg‘arazlik va adolatlilikni ta’minlaydi.

6.2. Aksiya qoidalari haqida xabardor qilish
ushbu taklifning 1.5-bandida ko‘rsatilgan Tashkilotchining ommaviy resurslarida mazkur aksiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

6.3. Aksiyani o‘tkazish shartlari Tashkilotchi tomonidan Aksiyani o‘tkazishning butun davri davomida o‘zgartirilishi va (yoki) to‘ldirilishi mumkin. O‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va uning internet tarmog‘idagi ommaviy resurslarida e’lon qilingan taqdirda kiritilishi mumkin. Bunday tuzatishlar, agar bevosita taklifga kiritilgan o‘zgartirishlar/qo‘shimchalarda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

6.4. Aksiya doirasida sovrinni qo‘lga kiritish uchun, Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda ushbu taklifda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni Tashkilotchiga taqdim etishi shart.

6.5. Ushbu taklifning 6.4-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni to‘plash Tashkilotchiga g‘olibga sovrinni topshirishni tezroq rasmiylashtirish imkonini beradi.

6.6. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi, Tashkilotchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing va/yoki boshqa har qanday reklama faoliyatida foydalanishiga roziligini tasdiqlaydi.

6.7. Aksiya tashkilotchisi olingan ma’lumotlarni to‘plash va keyinchalik ulardan foydalanish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligining barcha qoidalariga rioya etilishini kafolatlaydi. Ma’lumotlarni boshqa shaxslarga faqat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda berish mumkin.

6.8. Tashkilotchi Internet–provayderlar, aloqa operatorlarining ishi, pochta, kuryerlik yoki boshqa xizmatlarning xatolari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar kelmagan, kechikkan, yo‘qolgan yoki shikastlangan hollarda javobgar hisoblanmaydi.

6.9. Tashkilotchi Aksiya g‘olibi tomonidan sovrin olingandan so‘ng undan keyingi foydalanish va Aksiya g‘olibining har qanday sababga ko‘ra taqdim etilgan sovrindan foydalana olmasligi uchun javobgar emas. Sovrinning sifati va unga kafolatli xizmat ko‘rsatish (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) uchun ishlab chiqaruvchi javobgardir.

6.10. Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu taklifni inobatga olgan holda, barcha ishtirok etish arizalarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, Aksiyada ishtirok etish hujjatlarini soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan yoxud ushbu taklifga zid ravishda harakat qilgan har qanday shaxsning ushbu Aksiyada keyingi ishtirokini taqiqlashi mumkin.

6.11. Tashkilotchi istalgan paytda Aksiyada firibgarlikka to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha texnik cheklovlarni joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Har qanday Ishtirokchining nohalol xatti–harakatiga urinishi aniqlansa, uning yutug‘i bekor qilinadi va Ishtirokchining o‘zi Aksiyada keyingi ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

6.12. Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu taklif qoidalarini hisobga olgan holda, o‘zining mavjud texnik imkoniyatlari asosida Aksiyada ishtirok etish halolligini mustaqil ravishda baholaydi.

6.13. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, qamallar, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda amalda bo‘lgan qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek Tashkilotchi nazoratidan tashqari boshqa holatlar kabi fors-major vaziyatlar yuzaga kelganda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

6.14. Ushbu taklifda ko‘zda tutilmagan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.

6.15. Taraflarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga binoan belgilanadi.

6.16. Ushbu taklifning amal qilish muddati – Aksiyani o‘tkazish davri tugagunga qadar va u bilan bog‘liq majburiyatlar bajarilgunga qadar davom etadi.

6.17. Aksiyada ishtirok etish to‘g‘risidagi ushbu taklif 2–bo‘limda ko‘rsatilgan va ushbu taklifning 3–bo‘limiga muvofiq shartlarni bajargan shaxslarga yo‘naltirilgan. Aksiyada ishtirok etish taklifni qabul qilganlik hisoblanadi.

Scroll to Top