O‘zbekistonda raqamli markirovka jadal rivojlanmoqda. IV Xalqaro farmatsevtika forumidoirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, farmatsevtika biznesi va IT- ekotizimi vakillariishtirokida «O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlarniraqamli markirovkalash: tizimning yetukligiga erishish sari yo‘l – rasmiy joriy etishdan samarali amalga oshirishgacha»mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Muhokamada “Asl Belgisi” tizimining bozornishaffofroq, mahsulotlarni xavfsizroq va raqobatni halolroq qilishga qanday hissa qo‘shishimasalasi ko‘rib chiqildi.
Mutaxassislar markirovkaning rivojlanishi haqida yangima’lumotlarni taqdim etishdi. 2023-yil sentyabridan 2024-yil sentyabrigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston farmatsevtika bozori 13 foizga o‘sib, 20,345 trillion so‘mga yetdi. Ro‘yxatdan o‘tgan distribyutorlar soni uch baravarga ko‘payib, 350 tadan 881 taga yetdi. Markirovka kodlariaylanmasi ham oshdi: 2023-yilda 107,6 million qadoq markirovkalangan bo‘lsa, bir yildan so‘ng bu ko‘rsatkich 595,7 million donani tashkil etdi.
O‘sish chakana savdoga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu sohadagi ishtirokchilar soni bir yil ichida 30 barobarga oshib, 226 tadan6 557 taga yetdi, muomaladan chiqarilgan markirovkalangan dori vositalari hajmi esa 18,5 barobarga ko‘payib, 22,3 million qadoqni tashkil etdi.
2025-yil 1-martdan boshlab biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) ixtiyoriy markirovkalashni joriy etish muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Tizimda allaqachon 28 ta ishlabchiqaruvchi va import qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan, 105 ta tovarpozitsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar kiritilgan va 1 398 950 ta markirovka kodi chiqarilgan.
Tadbirda islohotning asosiy jihatlari muhokama qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori o‘rinbosari Shoyadbek Vasiyevning aytishicha, raqamli markirovka o‘z samaradorligini allaqachon isbotlagan: iste’molchilar endi Asl Belgisi ilovasi orqali mahsulotning haqiqiyligini tekshiraoladilar, halol biznes esa shaffof raqobat uchun vositalargaega bo‘ladi.
“STM Holding” boshqaruvchi sherigi Inara Shaxanova raqamli markirovka nafaqat nazorat vositasi, balki noqonuniy mahsulotlarni muomaladan chiqarishga yordam beradigan strategik vosita ekanligini ta’kidladi. BFQ segmentida rasmiy import ulushi 10 foizdan 30 foizgacha ko‘tarildi.
CRPT TURON “Dori vositalari” mahsulot guruhi menejeri Dinara Ilyasova markirovkalash sohasidagi xalqaro hamkorliksur’ati oshib borayotganini ta’kidladi: 2024-yil sentyabr oyida O‘zbekiston va Rossiya dori vositalarini markirovka kodlarinio‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar, bu esa ikkimamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlaydi.
Bundan tashqari, 2024-yil 28-aprelda Toshkentdagi «Innoprom»da Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining tibbiyotda qo‘llaniladigan dori vositalarini markirovkalash milliy axborot tizimlari operatorlarining o‘zaro axborot almashinuvi reglamenti imzolandi. Ushbuhujjat ikki mamlakat o‘rtasida markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor almashish uchun asosyaratdi, bu esa ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarning ishini yengillashtiradi.
2025-yilda qabul qilingan chora-tadbirlar, jumladan Prezidentning PQ-190-sonli qarorida belgilangan o‘zgartirishlar markirovka tizimiga yangi turtki beradi. Yangiliklar qatoriga 2026-yildan boshlab masofaviy soliq tekshiruvlari, qoidabuzarliklar uchun ogohlantiruvchi jarimalar tizimi va kodlardan foydalanishning 90 kunlik muddatini bekor qilish kiradi.
Raqamli markirovka allaqachon farmatsevtika bozorini o‘zgartirib yubordi. Endi yangi mexanizmlarning samarali ishlashi, biznesning rivojlanishiga ko‘maklashishi va iste’molchilarning mahsulot sifatiga ishonchini ta’minlashi muhim ahamiyatga ega.
IV Xalqaro farmatsevtika forumi 4-iyun kuni yakunlandi. Forum farmatsevtika bozorini tartibga solishning asosiy masalalarini muhokama qilish uchun sohaning yetakchi mutaxassislarini bir joyga to‘pladi.