Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari ro‘yxati
Ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi «Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalashning majburiy tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 149-son qaroriga 1-ilovada keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarini sertifikatlashtirishda muvofiqlik sertifikatida O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan TIF TN kodlari ko‘rsatiladi. Dori vositasining TIF TN kodini ushbu dori vositasiga berilgan muvofiqlik sertifikati bo‘yicha aniqlash mumkin.
Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari RO‘YXATI*
Mahsulot nomi | TIF TN pozitsiyasi | Mahsulotning identifikatsiya kodlari sinfi kodi |
---|---|---|
Birinchi guruh | ||
Ikkilamchi (tashqi) qadoqda ishlab chiqarilgan dori vositalari | 3003, 3004 | 03003, 03004 |
Ikkinchi guruh | ||
Birlamchi (ichki) qadoqda ishlab chiqarilgan dori vositalari (ikkilamchi (tashqi) qadog‘i bo‘lmaganda) va dorivor angro-mahsulot | 3003, 3004 | 03003, 03004 |
Uchinchi guruh | ||
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari va kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibi doirasida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestriga kiritilgan dori vositalari | 3003,3004 | 03003, 03004 |
To‘rtinchi guruh | ||
Tibbiy buyumlar | 3005, 3006 | 03005, 03006 |