Hurmatli majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari!
28-iyun (shanba) soat 12:00 dan 30-iyun (dushanba) soat 08:00 gacha “ASL BELGISI” tizimida tizim komponentlarini keng ko‘lamli yangilashga qaratilgan rejali texnik ishlar amalga oshiriladi.
Raqamli markirovka tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha to‘plangan tajribani hisobga oladi va ko‘plab takomillashtirishlarni amalga oshiradi, jumladan:
— yangilangan, zamonaviy shaxsiy kabinet interfeysi,
— foydalanuvchilarning rollari va huquqlarini sozlashning kengaytirilgan imkoniyatlari,
— takomillashtirilgan navigatsiya va samaradorlik,
— ko‘p tilli interfeys,
— tahliliy hisobot va tovarlar harakati monitoringining yangi shakllari.
Batafsil ma’lumotni Ma’lumotlar markazidan oling.
MUHIM: yangilanish davrida tizimning funksional imkoniyatlari cheklanadi:
28-iyun, soat 12:00 dan 24:00 gacha:
Tizimning barcha xizmatlari (shaxsiy kabinet, API, mobil ilovalar) butunlay ishlamaydi.
29-iyun soat 00:00 dan 30-iyun soat 08:00 gacha:
Faqat quyidagilar ishlaydi:
— buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va raqamli markirovka kodlarini olish,
— kodlarni qo‘llash/agregatsiya hisobotlarini yuborish
(«Alkogol mahsulotlari» va «Maishiy texnika» mahsulot guruhlaridan tashqari)
30-iyun soat 08:00 dan boshlab tizim to‘liq hajmda qayta ishga tushadi.
Shu munosabat bilan barcha ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan butun yangilanish davrida uzluksiz ishlash uchun zarur bo‘lgan kodlar zaxirasini oldindan ta’minlashlarini so‘raymiz.
Yangi, yanada takomillashtirilgan ish formatiga o‘tish jarayonida tushunganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun raxmat!