CRPT TURON va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamkorlik memorandumini imzoladi

6-mart kuni Asl Belgisi – “CRPT TURON” milliy raqamli markirovkalash tizimi operatori va «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatni “CRPT TURON” bosh direktori Anatoliy Bachikalov va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov imzoladi.

Memorandum farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, raqamli markirovkani rivojlantirish va bozor shaffofligini mustahkamlashga qaratilgan. Hamkorlik doirasida tomonlar sohada tezkor axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yadi; dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma maslahatlashuvlar o‘tkazadi; sifat nazorati va iste’molchilar himoyasiga qaratilgan tadbirlarni rejalashtiradi.

Bu dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, fuqarolarning mahsulotlarga bo‘lgan ishonchini oshirish va ishonchli monitoring tizimini yaratish imkonini beradi.

Scroll to Top