26-avgust kuni “Hampton Hilton” anjumanlar zalida xorijiy farmatsevtika kompaniyalari vakolatxonalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi va u yerga “CRPT TURON” mutaxassislari taklif etilgan edilar. Uchrashuvda yirik farmatsevtika kompaniyalari –Assotsiatsiya a’zolari — ABBOTT LABORATORIES SA, Berlin-Chemie Menarini Group, STADA, LESLABORATOIRES SERVIER, NOVO NORDIKS, NOVARTIS PHARMA SERVICTS, PRO.MED.CS Praha a.s va AbbVie Biopharmaceuticals, shuningdek, boshqa dori vositalari ishlab chiqaruvchilari vakillari yig‘ildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari dori vositalarini raqamli markirovkalashni joriy etishning bugungi holati, yaqin istiqboldagi vazifalar va raqamli markirovka tizimini rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Davlat organlari va xususiy tadbirkorlik o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida joriy etilgan yangi talablar — dori vositalarini markirovkalash sharoitida farmatsevtika korxonalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tizimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha o‘z tajribalari, shuningdek, yangi standartlarni to‘liq joriy etish jarayoniga yordam beradigan takliflar bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dori vositalari har bir mahsulot birligiga qo‘llaniladigan markirovka kodi bilan majburiy raqamli markirovkadan o‘tishi kerak. Bu mamlakat dorixonalariga qalbaki dori vositalarining kirib kelishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.