Ommaviy oferta shartnomasi

Tovar aylanmasi ishtirokchilariga marketing aksiyasida qatnashish taklifi: «Yangicha markirovka qiling – katta yutuqqa erishing»

1–bo‘lim. Umumiy qoidalar 1.1. Aksiyani o‘tkazishdan maqsad – tovar aylanmasi ishtirokchilarini «Asl belgisi» mahsulotlarni raqamli markirovkalash milliy axborot tizimining (bundan keyin – xTrace platformasi) shaxsiy kabineti yangi versiyasida ro‘yxatdan o‘tishini rag‘batlantirishdir. Aksiya quyidagi guruhlardagi markirovkalangan tovarlar bilan ishlaydigan tovar aylanmasining amaldagi ishtirokchilari foydalanuvchilari orasida o‘tkaziladi:«Dori vositalari»,«Pivo va pivo mahsulotlari»,«Suv va salqin ichimliklar»,«Tamaki mahsulotlari». 1.2. Aksiya tashkilotchisi: «CRPT TURON» […]