Raqamli markirovka va chakana savdo: Toshkentda sohaning rivojlanish muammolari va tendensiyalari muhokama qilindi
29-oktyabr kuni Toshkentda biznes hamjamiyati vakillari va raqamli markirovka tizimi operatorini birlashtirgan «Samarali chakana savdo: muammolar va tendensiyalar» mavzusidagi yopiq biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar sohani rivojlantirish va chakana savdo sohasidagi jarayonlarni takomillashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Asosiy tadbirlardan biri «O‘zbekiston Respublikasida markirovkalangan mahsulotlar aylanmasini tartibga solish bo‘yicha munozara» sessiyasi bo‘lib, unda “CRPT TURON” MChJ vakillari […]









