Национальная система
цифровой маркировки товаров

Raqamli markirovka tizimi «qora» texnikaga qarshi kurashadi

Mamlakatimizda maishiy texnika vositalariga boʼlgan talab katta. Natijada mashhur brendlar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham aholiga kundalik hayotda zarur boʼlib qolgan sifatli tovarlarni taklif qilishyapti. Doʼkonlarda Bosch, Samsung, Indesit, LG kabi mashhur ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda Artel, PREMIER, Shivaki, Foton kabi mahalliy kompaniyalarda tayyorlangan televizorlarni, muzlatkichlarni, mikser, changyutkich va shu kabi kundalik yordamchilarimizga aylanib ulgurgan tovarlarni koʼrishimiz mumkin.

Muhimi – mahsulot haqiqiy, ishlab chiqaruvchisi aniq, sifati kafolatlangan. Аmmo bozorlarda notanish kompaniyalarning mahsulotlari ham ancha arzon narxda uchrab qoladi. Xaridor narxiga uchib, arzonroq taklifni tanlashi mumkin, albatta! Lekin bu kontrafakt mahsulot ekanini bilmasligi ehtimoli katta. Natijada sifati kafolatlanmagan tovar tez orada buzilib qolsa, javobgarlikni hech kim boʼyniga olmaydi! Аldangan xaridor «teshik togʼora» oldida qolib ketaveradi.

Maishiy texnika vositalarining kontrafakti – bu global muammo. Sababi talab yuqori hisoblangan bu segmentni qalbakilashtirishga va noqonuniy olib kirib, muomalaga kiritishga urinayotgan soxta «ishbilarmonlar» yoʼq emas. Misol uchun, yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʼlimi xodimlari tomonidan «Chuqursoy» bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan yuk konteynerida keltirilgan tovarlar bojxona koʼrigidan oʼtkazildi. Koʼrik davomida temir yoʼl konteynerida kirib kelgan tovarlarning bojxona toʼlovlari tovarlarning har bir donasiga hisoblansada, hujjatlarda miqdori qayd etilmaganligi aniqlandi. Natijada, 5 mlrd. 344 mln. soʼmlik 23 800 dona maishiy texnika tovarlari holatga aniqlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.

Bu nima degani? Demak qariyib 24 ming dona fen, dazmol, soch dazmollari va boshqa tovarlar ichki bozorimizga noqonuniy yoʼl bilan muomalaga kirishi mumkin edi. Zarar – birinchi navbatda xaridorga, va albatta – davlat byudjetiga, chunki hujjatda koʼrsatilgan har bir dona mahsulot uchun belgilangan tartibda toʼlov amalga oshiriladi.

Аlbatta ishlab chiqaruvchilar ham bundan ziyon koʼradi. Chunki kontrafakt mahsulot ularning brendlari ostida soxtalashtirilgan boʼlsa, xaridor kompaniyaga boʼlgan ishonchini yoʼqotadi. Natijada sogʼlom raqobatga putur yetadi, asl mahsulotga boʼlgan ishonch yoʼqoladi.

Аynan raqamli markirovka tizimi masalaga yechim boʼla oladi. «Asl Belgisi» nomi ostida tadbiq etilayotgan yangi tizim hamma uchun foyda keltirishi aniq. Uning natijasida ishlab chiqaruvchilar daromadlarini oʼsishi va «oq biznesni» raqobatbardoshliligini oshirishlari, har bir mahsulot harakati toʼgʼrisidagi maʼlumotga ega boʼlishlari va jarayonlarni optimallashtirishlari mumkin boʼladi. Isteʼmolchilar – qonuniy va sifatli tovarlarni sotib olishga ishonch hosil qilishadi, hayotlari va byudjetlarini muhofaza qilishlari va «Asl Belgisi» mobil ilova orqali haqiqiy mahsulotni tanlab, huquqlarini himoya qilishlari mumkin. Davlatimiz esa «qora» bozorni qisqartirib, mehnat unumdorligini oshiradi, soliq va bojxona toʼlovlarini optimallashtiradi hamda Tovar bozorlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʼladi.

Bularning barchasiga birgina tizim – markirovkalash orqali erishsa boʼladi. Tizim АQSh, Yevropa mamlakatlari, Turkiya, Rossiya, Hindiston va yaqin qoʼshnilarimizda ham muvaffaqiyatli tadbiq etilmoqda. Natijalar ham yuqori unumdorlikni koʼrsatmoqda. Demak bu muammoning yechimi bor.

2021 yilda aynan maishiy texnika vositalarini markirovkalash boʼyicha tajriba loyihasi amalga oshirilgan edi. Tajriba loyihasida mamlakatimizning yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdi. Bular Artel, Texnopark, Foton, Roison, Ideal Lux, Vista kabi nufuzli kompaniyalardir. Bu ishlab chiqaruvchilarning barchasi isteʼmolchilarimizga yaxshi tanish va aytishimiz mumkinki, «Made in Uzbekistan» savdo belgisi ostida sotilayotgan mahsulotlarning aksariyati ular hissasiga toʼgʼri keladi.

«Milliy katalog tizimida oʼz maishiy texnikasini roʼyxatdan oʼtkazgan va kodlariga buyurtma bergan kompaniyalar soni 15 dan ortiq. Jami 40 dan ortiq ishtirokchilar mavjud (brend, ulgurji va chakana savdo vakillarini hisobga olgan holda). Ishtirokchilar geografiyasi ham butun Oʼzbekistonni qamrab oladi. Markirovkalash tizimi Samarqand, Toshkent viloyati va poytaxtda faol sinovdan oʼtkazildi. Shu 5 oy davomida katta ishlar amalga oshirildi», — deya tizim operator hisoblangan CRPT Turon MChJ loyiha menedjeri Ravshan Rasuli ishtirokchilar toʼgʼrisida maʼlumot berdi.

«Аvvalambor, tizim kotrafaktga qarshi kurashishda yordam beradi va savdo oʼsishiga yordam beradi deb umid qilamiz. Yana bir muhim jihat - tovarlar harakatini kuzatish va bozor talabini oʼrganish imkoniyati. Tizim bizga — ishlab chiqaruvchilarga maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarishni malakali qurishga yordam beradigan muhim tahliliy maʼlumotlarni taqdim etadi. Bizga isteʼmolchilar qoʼlida juda foydali vositaga aylanadigan Asl Belgisi mobil ilovasi gʼoyasi juda yoqdi. Baʼzida sotib olayotganda original nusxani soxtasidan ajratib boʼlmaydi», – deya izoh berdi tajriba ishtirokchisi «PREMIER» kompaniyasi direktor oʼrinbosari Zafar Irgashev.

Soʼnggi ikki yil ichida onlayn savdo dunyosi keng miqyosda rivojlanmoqda. Onlayn doʼkonlar juda keng turdagi mahsulotlarni taklif qilmoqda. Lekin har doim ham reklamadagi rasm, sotib olingan tovarlarning haqiqiy koʼrinishi bilan bir xil boʼlmaydi. Qanday qilib mijozning ishonchini saqlab qolish mumkin? Аyniqsa, agar soxtaligi isteʼmolchilarda ishonchsizlikni keltirib chiqaradigan jahon brendlarining maishiy texnikalarini sotishiga tegishli boʼlsa? GINZA AZIA MChJ va Philips Avent kompaniyasi rahbari — Larisa Аn bu borada oʼz fikri bilan oʼrtoqlashdi. U boshqarayotgan onlayn doʼkon Philips jahon brendining mahsulotlarini taklif etadi.

«Аfsuski, bu global muammo. Biz bir necha bor Philips nomi bilan chiqarilgan soxta mahsulotlarga duch kelganmiz. Ular juda oʼxshash edi, ammo ular original mahsulotlar emas. Uning sifati uchun hech kim javobgar boʼlmaydi. Аmmo oxir-oqibat, «qora» texnika, haqiqiy ishlab chiqaruvchining imidjiga salbiy taʼsir qiladi.

Misol uchun, Rossiyada har uchinchi mahsulot soxta hisoblanadi. Shunday mahsulotlar onlayn-doʼkonlarda sotiladi, chunki mahsulotni sotib olishdan oldin tekshirish imkoniyati yoʼq. Аlbatta, soxta mahsulotlardan ximoyalanish uchun qoʼllab-quvvatlash xizmatlari mavjud. Аmmo agar buyurtma toʼlovidan soʼng xaridor unga soxta narsa berilganligini tushunsa, birinchi navbatda, asl mahsulotni ishlab chiqaradigan kompaniyaning imidji zarar koʼradi.

Bu muammoga qarshi kurashish uchun onlayn sotuv kuchli vositaga muhtoj edi. Yechimi – raqamli markirovkalash tizimi boʼldi.

Har bir tovarning oʼzining raqamli kodi boʼladi, uni soxtalashtirish mumkin emas va bu ishlab chiqaruvchi yoki importerga tovarlarni kuzatishda yordam beradi. Buning uchun mobil ilova ishlab chiqarilgan. Tizim aʼlo darajada oʼylab chiqilgan. Shuningdek, bizda sotuvlar va bozor talabi boʼyicha tayyor tahlillar paydo boʼldi», — dedi Larisa Аn.

2 aprel sanasida Vazirlar Maxkamasining 148-sonli Qarori qabul qilingan boʼlib, unga muvofiq 15 aprel sanasidan eʼtiboran yurtimizda maishiy texnika vositalari raqamlashtirilib, markirovka kodlariga ega boʼladi. Xujjatda tizim tadbiq etilish muddatlari ham aniq belgilangan:

1-chi guruh — changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovutgich va muzlatgich, televizor va monitor — 2022 yil 15 apreldan boshlab; 2-chi guruh — maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʼlqinli pech, dazmol, suv isitkich — 2022 yil 1 avgustdan boshlab; 3-chi guruh — suv isitish qozonlari, konditsioner, oʼrnatilgan yelektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʼsht maydalagich), barcha turdagi lampalar — 2022 yil 1 noyabrdan boshlab.

«Asl Belgisi» markirovkalash tizimi ishlab chiqaruvchilar uchun ham, importchilar uchun ham uzoq kutilgan yechim boʼlib xizmat qiladi. Sababi bozorda soxta va asl mahsulot orasidagi tanlov endilikda shaffof boʼldi. Birgina Data Matrix kodi ishonch hosil qilish uchun isbot boʼlib xizmat qilganda, jamoat nazorati shakllanadi va iqtisodiyotni rivojlanishiga har bir fuqaro oʼz xissasini qoʼshadi. Bu uchun esa faqat asl mahsulotni xarid qilish kerak boʼladi, xolos.

Регистрация в системе маркировки
Зарегистрироваться
Для бизнеса

Регистрируйтесь в системе маркировки и добровольных экспериментах