“Alkogol mahsulotlari” mahsulotlar guruhi menejeri Mirsaid Jamalov va “Asl Belgisi” PR menejeri Sabina Batirshina «Premium Uzbekistan» (https://telegra.ph/Premium-Uzbekistan-zavodida-uchrashuv-bolib-otdi-08-15) zavodining ishlab chiqarish maydoni bilan tanishishdi.
Shuningdek, tashrif davomida Mirsaid Jamalov “Premium Uzbekistan” kompaniyasi direktori Saxibov Sarvar va bosh mexanik Jigalov Maksim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda alkogol mahsulotlarini raqamli markirovkalash, Asl Belgisi tizimida ishlash tamoyillari va kelgusidagi hamkorlikning boshqa muhim jihatlari muhokama qilindi.
E’tibor bering, «Premium Uzbekistan» (https://premiumuzbekistan.com/page/2-about) O’zbekistondagi eng yirik alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, zavod respublikada birinchilardan bo‘lib ISO 22000:2005 (yoki XASPP) oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish xalqaro tizimini joriy qildi va bu mahsulot sifati kafolati hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda soxtalashtirish mumkin bo’lmagan qo’shimcha himoya yaratadigan majburiy raqamli markirovka qo’llaniladi.