Dori vositalari. Majburiy markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati va TIF TN kodlari

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari ro‘yxati

Ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi «Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalashning majburiy tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 149-son qaroriga 1-ilovada keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarini sertifikatlashtirishda muvofiqlik sertifikatida O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan TIF TN kodlari ko‘rsatiladi. Dori vositasining TIF TN kodini ushbu dori vositasiga berilgan muvofiqlik sertifikati bo‘yicha aniqlash mumkin.

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari RO‘YXATI*

Mahsulot nomiTIF TN pozitsiyasiMahsulotning identifikatsiya kodlari sinfi kodi
Birinchi guruh
Ikkilamchi (tashqi) qadoqda ishlab chiqarilgan dori vositalari3003, 300403003, 03004
Ikkinchi guruh
Birlamchi (ichki) qadoqda ishlab chiqarilgan dori vositalari (ikkilamchi (tashqi) qadog‘i bo‘lmaganda) va dorivor angro-mahsulot3003, 300403003, 03004
Uchinchi guruh
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari va kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibi doirasida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestriga kiritilgan dori vositalari3003,300403003, 03004
To‘rtinchi guruh
Tibbiy buyumlar3005, 300603005, 03006
Scroll to Top