«Asl Belgisi» qo’llab-quvvatlash xizmati mahsulot aylanmasi ishtirokchilaridan turli so’rovlarni qabul qiladi. Ularning har biri tez va samarali qayta ishlanadi.
Bizning yuqori malakali mutaxassislarimiz sizning savollaringizga javob berishga, ekspert maslahatlarini berishga va har qanday vaziyatda yordam berishga tayyor.
Qo’llab-quvvatlash xizmati dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.
Yordamchi xodimlar tomonidan kuniga o’rtacha 150 ta so’rov ko’rib chiqiladi. Va shu kungacha olti oy ichida 30 mingdan ortiq ariza ko‘rib chiqildi.
Biz doimo aloqadamiz va qo’ng’iroqlarga tezda javob berishga tayyormiz!