Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko O‘zbekistonga amaliy
tashrifi doirasida bosh vazirlar Abdulla Aripov va Mixail Mishustin ishtirokida
dori vositalaridagi markirovka kodlarini o‘zaro almashish to‘g‘risidagi
hukumatlararo bitimni imzoladi. Hujjat O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida bir
mamlakatdan boshqasiga olib chiqilayotgan dori vositalari to‘g‘risida ma’lumot
almashishga qaratilgan.
Ushbu qadam qalbaki va soxta dorilarga qarshi kurashni sezilarli
darajada kuchaytiradi. Hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan monitoring tizimi
dorixonalarga kontrafakt mahsulotlarning kirib kelishining oldini olishga
yordam beradi. Bundan tashqari, kelishuv eksport qilinadigan dori vositalarni
markirovkalash xarajatlarini kamaytiradi va ishlab chiqarishda katta
shaffoflikni ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida bemorlar uchun xavfsizlikni
oshiradi.