Noqonuniy tamaki nazorat ostida: davra suhbati natijalari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi bilan birgalikda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha tadqiqot natijalari muhokama qilingan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “CRPT TURON” MCHJ vakili — Aksiz to’lanadigan mahsulotlar bo’yicha bosh menedjer Djamalov Mirsaid ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, nazariya va amaliyotda birgalikda ishlash uchun davlat organlari bilan aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

2024-yil boshida noqonuniy tamaki mahsulotlari bozorning 19 foizini egallagan bo‘lsa, sentyabr oyiga kelib bu ko‘rsatkich 12,5 foizgacha pasaydi.

Uchrashuvda tamaki bozorini tartibga solish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish rejalari muhokama qilindi.

Quyidagilar taklif qilindi:

– tamaki mahsulotlari importi va eksporti ustidan nazoratni kuchaytirish;
– kontrabanda va noqonuniy ishlab chiqarishga qarshi kurashish;
– odamlarning noqonuniy mahsulotlar haqida xabardorligini oshirish;

Barcha taklif va tavsiyalar kelgusida amalga oshirish uchun tegishli davlat organlariga yuborildi.

Scroll to Top