“Asl Belgisi Connect” marketing aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha ommaviy oferta

“Asl Belgisi Connect”
MARKETING AKSIYASINI O‘TKAZISH BO‘YICHA
OMMAVIY OFERTA

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367, 981 va 982-moddalari talablariga muvofiq, ushbu ommaviy oferta “Asl Belgisi Connect” aksiyasida ishtirok etish shartlari va tartibini belgilaydi.

1-bo‘lim. Umumiy qoidalar

1.1. Aksiyani o‘tkazishdan maqsad – “Asl Belgisi” milliy raqamli markirovkalash axborot tizimining rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridagi (Telegram va Instagram) obunachilar sonini oshirish, “Asl Belgisi” brendini targ‘ib qilish hamda O‘zbekistondagi raqamli markirovkalash tizimi va “Asl Belgisi” mobil ilovasi haqida xabardorlikni oshirishdan iborat.

1.2. Aksiya tashkilotchisi: “CRPT TURON” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Tashkilotchi).

Tashkilotchining rekvizitlari: “Kapitalbank” ATB Mirzo Ulug‘bek filialidagi H/r 20208000005108244001 (MFO: 01018).

Yuridik manzili: 100007, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Qodiriy ko‘chasi, 78-uy.

1.3. Aksiyani o‘tkazish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.

1.4. Aksiyani o‘tkazish davri: 2026-yil 22-sentyabrdan 2026-yil 6-oktyabrgacha (shu kun ham kiradi).

1.5. Aksiyani o‘tkazish davri Tashkilotchining tashabbusi bilan uzaytirilishi mumkin. Aksiya muddati uzaytirilganda, ishtirokchilar Tashkilotchi tomonidan Internet tarmog‘idagi Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlarida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda:

https://t.me/aslbelgisi 

https://www.instagram.com/asl.belgisi

1.6. Aksiya natijalari ushbu ofertaning 1.5-bandida ko‘rsatilgan Tashkilotchining Internet tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoqlarida joylashtiriladi.

2-bo‘lim. Aksiya ishtirokchilari va finalchilari 

2.1. 16 yoshga to‘lgan va undan katta bo‘lgan, Aksiya shartlarini bajargan hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq Aksiyada ishtirok etish uchun cheklovlarga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Aksiya ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.

2.2. Aksiya ishtirokchilari ro‘yxatidan tasodifiy ravishda aniqlanadigan 10 nafar jismoniy shaxs Aksiya finalchilari hisoblanadi. Finalchilar o‘rtasida sovrinlarni taqsimlash quyidagicha amalga oshiriladi: 3 nafar finalchi Yandex-stansiya Mini, 3 nafar finalchi Xiaomi Redmi Buds Active simsiz quloqchinlari va 4 nafar finalchi kartxolderlar oladi.

3-bo‘lim. Aksiyada ishtirok etish shartlari

3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagi amallarni bajarish va zarur shartlarga rioya qilish lozim:

3.1.1. Tashkilotchining Telegram (https://t.me/aslbelgisi) va Instagram (https://www.instagram.com/asl.belgisi) rasmiy akkauntlariga obuna bo‘lish.

3.1.2. Jismoniy shaxs Tashkilotchining Telegram va Instagram’dagi rasmiy akkauntlariga obuna bo‘lganligini vizual ravishda tekshirish va tasdiqlash imkonini beruvchi telefon ekrani suratlarini (skrinshotlarini) olish. Shundan so‘ng, ikkala suratni Tashkilotchining asl.belgisi Instagram akkaunti direktiga yuborish lozim.

3.1.3. Tashkilotchining Instagram sahifasidagi yutuqli o‘yin postiga layk bosish va ushbu post ostida 3 (uch) nafar do‘stni belgilash.

3.1.3. Faqatgina 3.1.1.-3.1.3-bandlarda ko‘rsatilgan barcha shartlarga rioya qilish jismoniy shaxsga Aksiya ishtirokchisi bo‘lish imkonini beradi.

4-bo‘lim. Aksiya sovrin jamg‘armasi

4.1. Aksiya sovrin jamg‘armasi:

3 ta Yandex-stansiya Mini;

3 ta Xiaomi Redmi Buds Active simsiz quloqchinlari;

4 ta kartxolder.

4.2. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Tashkilotchining mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi, o‘yin o‘tkazilgunga qadar shakllantiriladi va faqat Aksiya Finalchilariga sovrin sifatida taqdim etiladi.

4.3. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi 4.1-bandda ko‘rsatilgan 10 ta sovrindan iborat.

4.4. Tashkilotchi Aksiya sovrinlari sonini ko‘paytirish, ularni qiymati bo‘yicha o‘xshash sovrinlar bilan almashtirish, Aksiyaga ushbu ofertada nazarda tutilmagan boshqa sovrinlarni qo‘shimcha ravishda kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.5. Tashkilotchi tomonidan sovrinlarning pul ekvivalenti berilmaydi.

4.6. Sovrinlarni olgan shaxslarning soliq majburiyatlari Finalchilar tomonidan mustaqil ravishda va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotchi Ishtirokchining ushbu Aksiyada sovrin olishi munosabati bilan yuzaga kelgan daromadi bo‘yicha soliq to‘lovlarini to‘lamaydi.

5-bo‘lim. Aksiyaning amal qilish muddati. Aksiya Finalchilarini tanlash va taqdirlash sanasi

 5.1. Aksiya 2026-yil 22-sentyabrdan 6-oktyabrgacha (shu kuni ham) amal qiladi. Aksiya ishtirokchisiga aylanish imkoniyati faqat ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida taqdim etiladi.

5.2. Finalchilarni tanlash sanasi Aksiya muddati tugagandan so‘ng, lekin Aksiya tugagan kundan boshlab 7 (yetti) ish kunidan kechiktirmay belgilanadi. Finalchilarni aniqlash sanasi to‘g‘risidagi ma’lumot Tashkilotchining 1.5-bandda ko‘rsatilgan ijtimoiy tarmoqlarida joylashtiriladi.

5.3. Finalchilarni taqdirlash sanasi ular aniqlangan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida belgilanadi. Finalchilarni taqdirlash sanasi to‘g‘risidagi ma’lumot Tashkilotchining 1.5-bandda ko‘rsatilgan ijtimoiy tarmoqlarida joylashtiriladi.

6-bo‘lim. Aksiya finalchilarini aniqlash va sovrinlarni topshirish

6.1. Aksiya finalchilari ofertaning 3.1.1.-3.1.3-bandlariga muvofiq barcha shartlarni bajargan Ishtirokchilar ro‘yxatidan tasodifiy ravishda randomayzer yordamida aniqlanadi. Aksiya ishtirokchilari ro‘yxati Instagram akkauntlari foydalanuvchilarining ismlari asosida tuziladi.

6.2. Aksiya finalchilari Tashkilotchining Instagramdagi rasmiy akkauntida translyatsiya qilish orqali Ishtirokchilar ro‘yxatidan onlayn tarzda aniqlanadi.

6.3. Aksiya g‘oliblari taqdirlash uchun Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Qodiriy ko‘chasi, 78-uy manzilidagi Tashkilotchi ofisiga taklif qilinadi.

6.4. Finalchilar o‘rtasida 4.1-bandda ko‘rsatilgan 10 ta sovrin orqa tomonida sovrinlar ko‘rsatilgan kartochkalarni tanlash orqali o‘ynaladi.

6.5. Yutib olingan sovrinlarni olish uchun Aksiya finalchilarining yonlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart. Finalchi shaxsan kela olmagan taqdirda, u uchinchi shaxsga sovrinni olish huquqi berilganligi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan o‘z vakilini yuborish huquqiga ega. Ishonchnoma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.

6.6. Agar Finalchi sovrinni topshirishga kelmasa va mukofotlash sanasidan keyin 1 (bir) kalendar oy ichida uni olib ketmasa, uning yutug‘i bekor qilinadi.

6.7. Sovrinni olishda Finalchi sovrinni olish jarayoni bilan bog‘liq barcha zarur hujjatlarni, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga rozilikni imzolash majburiyatini oladi.

6.8. Finalchining zarur hujjatlarni imzolashdan va (yoki) boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan, shu jumladan sovrinni olishda talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, Finalchining sovrinni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

7-bo‘lim. Yakuniy qoidalar

7.1. Tashkilotchi Aksiya finalchilarini aniqlashda obyektivlik, halollik, beg‘arazlik va xolislikni ta’minlaydi.

7.2. Aksiyaning barcha masalalari bo‘yicha xabardor qilish ofertaning 1.5-bandida ko‘rsatilgan Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lumot va ofertani joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

7.3. Aksiyani o‘tkazish shartlari Aksiyani o‘tkazishning butun davri davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va (yoki) to‘ldirilishi mumkin. O‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar Tashkilotchining 1.5-bandda ko‘rsatilgan ijtimoiy tarmoqlarida tasdiqlanib, e’lon qilingan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. Tuzatishlar va (yoki) qo‘shimchalar, agar ofertaga kiritilgan o‘zgartirishlar/qo‘shimchalarda bevosita boshqacha holat maxsus belgilanmagan bo‘lsa, e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

7.4. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi yoki Finalchi taqdim etilgan ma’lumotlardan Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing yoki reklama maqsadlarida bepul foydalanilishiga o‘z roziligini tasdiqlaydi. Ishtirokchi yoki Finalchi haqidagi ma’lumotlardan foydalanish ularning ismi, familiyasini eslatib o‘tishni, fotosuratlari va videolarini Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlarida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishni o‘z ichiga olishi mumkin.

7.5. Aksiya tashkilotchisi Aksiya davomida olingan ma’lumotlarni to‘plash, ulardan foydalanish va saqlashda O‘zbekiston Respublikasining shaxsiy axborot daxlsizligi hamda Ishtirokchilar va Finalchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchiligiga rioya etishini kafolatlaydi. Boshqa shaxslarga ma’lumotlarni taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan asos va tartibda amalga oshirilishi mumkin.

7.6. Tashkilotchi internet-provayderlar va aloqa operatorlarining ishi, shuningdek, pochta va elektron jo‘natmalarning yetib kelmasligi, kechikib kelishi, yo‘qolishi yoki shikastlanishiga olib kelgan pochta, kuryerlik yoki boshqa xizmatlarning har qanday xatolari uchun javobgar bo‘lmaydi.

7.7. Tashkilotchi Aksiya Finalchisi taqdim etilgan sovrinni olganidan so‘ng undan kelgusida foydalanishi hamda Aksiya Finalchisining har qanday sabablarga ko‘ra taqdim etilgan sovrindan foydalana olmasligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

Sovrin sifati va unga kafolatli xizmat ko‘rsatish (agar bu ko‘zda tutilgan bo‘lsa) uchun javobgarlik uning ishlab chiqaruvchisi zimmasida bo‘ladi.

7.8. Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu oferta qoidalarini inobatga olgan holda, o‘z ixtiyoriga ko‘ra, ishtirok etish uchun barcha arizalarni haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, Aksiyada ishtirok etish uchun hujjatlarni soxtalashtirayotgan yoki hujjatlarni soxtalashtirishdan foyda ko‘rayotgan, ushbu ommaviy ofertani buzgan holda harakat qilayotgan, ushbu Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa shaxsga tahdid solish yoki bezovta qilish niyatida nojo‘ya harakatlarni amalga oshirayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablarini buzayotgan har qanday shaxsning ushbu Aksiyada kelgusida ishtirok etishini taqiqlashi mumkin.

7.9. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiyada firibgarlikka to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha texnik cheklovlarni joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biror-bir Ishtirokchining insofsizlarcha harakat qilishga bo‘lgan har qanday urinishi aniqlangan taqdirda, uning yutug‘i bekor qilinadi, Ishtirokchining o‘zi esa Aksiyada keyingi ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

7.10. Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu oferta qoidalarini inobatga olgan holda, o‘zidagi mavjud texnik imkoniyatlar asosida Aksiyada ishtirok etishning halolligini mustaqil ravishda baholaydi.

7.11. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, qamal, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari, Aksiya o‘tkaziladigan hududda amalda bo‘lgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, shuningdek, Tashkilotchi nazorat qila olmaydigan boshqa holatlar kabi fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda javobgar bo‘lmaydi.

7.12. Ushbu ofertada nazarda tutilmagan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.

7.13. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek, nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.

7.14. Ushbu ofertaning amal qilish muddati – Aksiyani o‘tkazish davri tugagunga va u bilan bog‘liq majburiyatlar bajarilgunga qadar.

7.15. Ushbu ommaviy oferta cheklanmagan shaxslar doirasiga mo‘ljallangan. Aksiyada ishtirok etish ofertaga rozilik bildirishni anglatadi.

 

Scroll to Top