Suv va salqin ichimliklarni markirovkalashni joriy etish qoidalari va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-sonli «Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Qarorida tasdiqlangan.
1-ilovada Raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan suv va salqin ichimliklarning identifikatsiya kodlari ro‘yxati keltirilgan:
| Tovar nomi | TIF TN kodi | Mahsulotning identifikatsiya kodi |
|---|---|---|
| Birinchi guruh | ||
| Achitilmagan va tarkibida spirt qo’shilmagan, shakar yoki boshqa shirinlik qo’shilgan yoki qo’shilmagan meva sharbatlari (uzum shirasi bundan mustasno) va sabzavot sharbatlari, shuningdek gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar | 2009, 2201, 2202. | 02009, 02201, 02202 |
| Ikkinchi guruh | ||
| Metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklar | 2201, 2202 | 02201, 02202 |
