CRPT TURON va “Anglesey Food”(Korzinka) MCHJ XK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, bu raqamli markirovka tizimini rivojlantirish drayveriga aylanib, O‘zbekistonda chakana bozorni markirovkalangan suv va ichimliklar ustidan to‘liq kuzatuvni amalga oshirishga tayyorlaydi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Markirovkalangan suv va salqin ichimliklarni to‘liq kuzatishga o‘tish doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash;
• Qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muntazam axborot almashish va ishchi uchrashuvlar o‘tkazish;
• Markirovka va markirovkalangan tovarlar aylanmasi amaliyoti masalalari bo‘yicha maslahatlar va professional muhokamalar.
Memorandum bir qator qo‘shma tadbirlarni nazarda tutadi: o‘quv dasturlari, ekspert bilimlarini almashish, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish.
Hujjatning imzolanishi raqamli markirovkalash milliy axborot tizimini takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Ikkala tomon ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, halol raqobatni ta’minlash va shaffof ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan konstruktiv va uzoq muddatli hamkorlikka intilishini tasdiqladi.
Alohida ta’kidlash joizki, Korzinka tarmog‘i savdo nuqtalarini bosqichma-bosqich ishga tushirmoqda, u yerda kassa uskunalari belgilangan tartibda markirovka kodlarining chiqib ketishini skanerlaydi va qayd etadi. Bu chakana savdoni tovarlarni kuzatish tizimini to‘liq joriy etishga tayyorlashda muhim va ishonchli qadam bo’ladi.
