O‘zbekiston – Qozog‘iston: raqamli markirovka sohasida tajriba almashish

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Aset Nusupov va Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Seiljan Axmetov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tashrifning asosiy mavzusi – mahsulotlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish.

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bilan uchrashuv doirasida tomonlar tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Mehmonlarga «Asl belgisi» mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda uning Soliq qo‘mitasi axborot tizimlari bilan integratsiyasi taqdim etildi.

Delegatsiya, shuningdek, poytaxtdagi ishlab chiqarish obyektlarida bo‘lib, yuqori tezlikdagi ishlab chiqarish liniyalarida markirovka kodlarini avtomatlashtirilgan tarzda qo‘llashning ilg‘or texnologiyalari bilan tanishdi.

Scroll to Top