Tadbirkorlarning axborot kanallarida “Asl Belgisi tizimining noto‘g‘ri ishlashi” sababli soliq organlari tomonidan nazorat tadbirlari to‘xtatilgani to‘g‘risida tarqalgan xabar munosabati bilan izoh berish zarur deb hisoblaymiz.
“Asl Belgisi” raqamli markirovka tizimi barqaror va odatiy rejimda ishlaydi. Barcha asosiy funksiyalar — qabul qilishdan tortib ma’lumotlarni qayta ishlashgacha — uzilishlarsiz ishlaydi.
Shu bilan birga, ayrim hollarda davlat axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq ma’lumotlarda kichik tafovutlar bo‘lishi mumkin. Biz Soliq qo‘mitasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, barcha jarayonlar to‘g‘ri va shaffof o‘tishi uchun yuzaga keladigan nomuvofiqliklarni tezkorlik bilan bartaraf etamiz.
Raqamli markirovka tizimi bilan ishlashda savollar tug‘ilganda, mahsulot aylanmasi ishtirokchilaridan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishlarini so‘raymiz:
• support@crpt-turon.uz
• Telegramdagi @CRPT_Turon_Bot
• Ma’lumotlar markazi: o‘tish.
Bozor ishtirokchilarini quyidagilarga chorlaymiz:
• markirovkalangan mahsulotlar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish;
• mahsulotni qabul qilishda ma’lumotlarni diqqat bilan solishtirish;
• qoldiqlarni nazorat qilish uchun shaxsiy kabinet va ichki auditdan foydalanish.
Qo’llab-quvvatlash xizmati faoliyati haqida (2025-yil yanvar-aprel)
Murojaatlarning 24,5 mingdan ortig‘i ko‘rib chiqilib, ularning 99,6 foizi o‘z vaqtida hal etilgan bo‘lsa, foydalanuvchilarning qoniqish darajasi 98,5 foizni tashkil etdi.
Savolni to‘liq yechishning o‘rtacha vaqti so‘rovning murakkabligiga qarab 15 daqiqadan 2 soatgacha.
Biz har kuni mutaxassislar ishining sifatini tekshirib boramiz va xizmatni doimiy ravishda takomillashtirish uchun fikr-mulohazalardan foydalanamiz.
Bizning maqsadimiz — barqaror, shaffof va tushunarli, biznesga xalaqit emas, balki yordam beradigan tizim yaratish.
Hurmat bilan,
Asl Belgisi matbuot xizmati