21-fevral kuni dorixonalarda dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamada Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Davlat soliq qo‘mitasi va “Asl Belgisi” – milliy axborot tizimi operatori “CRPT TURON”, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab 300 ga yaqin dorixona rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Ekspertlar dori vositalarini raqamli markirovkalash qoidalari va ularga rioya qilish tartibini batafsil tushuntirdilar. Shuningdek, ishtirokchilar tizimni joriy etishda yuzaga kelayotgan masalalar va qiyinchiliklarni muhokama qildilar, ushbu muammolarning amaliy yechimlarini ko‘rib chiqdilar.
Bunday muloqotlar biznesga yangi talablarga moslashishga, bemorlarga esa dorilarning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi.