Diqqat! ASL BELGISI tizimida rejalashtirilgan texnik ishlar

Hurmatli raqamli markirovka tizimi ishtirokchilari!

“Asl Belgisi” MAT foydalanuvchisi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan muhim yangilanishlarni amalga oshirishda davom etmoqda:

— shaxsiy kabinet interfeysini yangilash;

— rol modelini kengaytirish;

— fikr-mulohaza va takliflaringiz asosida boshqa tuzatishlar.

 

Biroq, texnik ishlar tufayli xizmatlardan foydalanish vaqtincha cheklanadi:

• 2025-yil 28-noyabr (juma) soat 20:00 dan 2025-yil 1-dekabr (dushanba) soat 08:00 gacha “ASL BELGISI” MAT xizmatlari, shu jumladan shaxsiy kabinet, ommaviy API va iste’molchilar uchun mobil ilovalar to‘liq ishlamaydi.

• 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “ASL BELGISI” MAT dasturiy o‘zaro ta’sir interfeyslari (API) to‘liq yangilanadi va https://xtrace.aslbelgisi.uz/ saytida ishlashi mumkin bo‘ladi.

• Tovar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan shakllantirilgan hisobotlar va hujjatlar rejali ishlar yakunlangandan so‘ng ro‘yxatga olinadi va qayta ishlanadi.

Juda muhim!

Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga yangilanish vaqtida uzluksiz ishlashni ta’minlash uchun raqamli markirovka kodlarining zarur zaxirasini oldindan shakllantirishni tavsiya qilamiz.

Batafsil ma’lumot — ma’lumotlar markazida

 

Tushunganingiz uchun tashakkur!

Scroll to Top