Berlinda “PHARMAP 2025” xalqaro farmatsevtika sammiti bo‘lib o‘tdi.
«Farmatsevtik qadoqda seriyalash va markirovkalash – brendni himoya qilish bo‘yicha keyslar» (Serialization and Labelling in Pharmaceutical Packaging – Brand Protection Case Studies) panel muhokamasi asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.
Ushbu sessiyada «CRPT TURON» Kuzatuv kengashi raisi Andrey Kirillov ma’ruza qildi. U «ASL Belgisi raqamli kuzatuv tizimi: farmatsevtika sanoati uchun yangi imkoniyatlar» (ASL Belgisi Digital Track&Trace System: opportunities for pharmaceutical industry) mavzusini taqdim etdi va aniq natijalar bilan o‘rtoqlashdi:
– tizim faoliyatining birinchi yilidayoq sifatsiz preparatlarni sotish hajmini 3 baravarga kamaytirish;
– 15 mln dollardan ortiq miqdordagi qalbakilashtirilgan dori vositalarini aniqlash;
– 13 mln dollar miqdoriga teng qoidabuzarliklar va firibgarlik sxemalarini aniqlash;
– davlat xaridlarini monitoring qilish, dori vositalari zaxiralari va ularning butun ta’minot zanjiri bo‘ylab harakatini kuzatish orqali narxlarni shakllantirish shaffofligini va xaridlar samaradorligini oshirish.
Muhokama doirasida SICPA, UNICEF va Securikett xalqaro tashkilotlari ekspertlari ham so‘zga chiqib, farmatsevtikada brendlarni himoya qilish va qalbakilashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni taqdim etdilar.
“CRPT TURON” vakillarining bunday muhim xalqaro tadbirda ishtirok etishi O‘zbekiston zamonaviy raqamli yechimlarni faol joriy etayotgani va dori vositalari muomalasida to‘liq shaffoflik tomon harakat qilayotganini tasdiqlaydi.