CRPT TURON ulgurji sotuvchilar va distribyutorlar uchun seminar o‘tkazdi

4-mart kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “CRPT TURON” MCHJ tomonidan tashkil etilgan «Suv va salqin ichimliklar» toifasi uchun distribyutorlar va ulgurji savdo ishtirokchilari uchun markirovkalangan mahsulotlarni hisobga olish» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Asl Belgisi” yetakchi menejerlari, shuningdek, integrator kompaniyalar ekspertlari ishtirok etdi. Seminar davomida markirovkalangan tovarlarni hisobga olish (shu jumladan EHFni shakllantirishda qabul qilish va jo‘natish), Data Matrix-kodlar bilan ishlash va qaytarishni rasmiylashtirish, kodlarni agregatsiyalash va dezagregatsiyalash, markirovkalangan mahsulotlarni sotish (EHF, fiskallashtirish) masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda, xususan, «Suv va salqin ichimliklar» mahsulot guruhi menejeri Dilso‘z Akrobjonova, CRPT TURON («Suv va salqin ichimliklar» toifasidagi distribyutorlar va ulgurji savdo ishtirokchilari uchun markirovkalangan mahsulotlarni hisobga olish»), Asqarxo‘ja Inoyatov, «3KIZ» MCHJ («Suv va salqin ichimliklarni markirovkalash va kuzatish uchun bulutli yechim»), Shahnoza Mukumova, “VENKON” MCHJ («Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash tizimi») va seminarning boshqa mehmonlari taqdimotlar bilan chiqish qilishdi.

Tadbir doirasida yig‘ilganlarning barchasi tovarlarni raqamli markirovkalash bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi va markirovkalangan mahsulotlarni hisobga olish jarayoni bo‘yicha amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Scroll to Top