CRPT TURON’ning yirik ishlab chiqaruvchilar integratori NZ-Muhandis bilan samarali uchrashuvi

«CRPT TURON» ofisida «Asl Belgisi» milliy raqamli markirovkalash tizimi operatori vakillarining yirik ishlab chiqaruvchilar integratori – «NZ-Muhandis» kompaniyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi raqamli markirovkalash tizimi bilan samarali ishlash masalalari bo‘ldi.

Zokirov Nodir, «NZ-Muhandis» bosh direktori integratorning dasturiy ta’minoti (DT) taqdimotini o‘tkazdi, shuningdek, aksiz to’lanadigan mahsulotlar bo‘limi bosh menejeri Jamalov Mirsaidning ishlab chiqarish va ulgurji yetkazib berish jarayonlari bilan bog‘liq xatolarni hal qilish va oldini olishga oid savollariga batafsil javob berdi.

Taqdimot davomida integrator dasturiy ta’minotining joriy imkoniyatlari ham namoyish etildi, jumladan:

• Ishlab chiqarish liniyalarida Data Matrix kodini tezkor kiritish jarayonlarini ta’minlash, keyinchalik pallet darajasigacha agregatsiyalash;

• Real vaqt rejimida o‘zaro hamkorlik qilish, tayyor mahsulotni ombordan yuklab jo‘natish va markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni EHF qoralamalariga uzatish;

• mahsulotni qabul qilish, saqlash va keyinchalik yuklab jo‘natishda markirovka kodini to‘liq hisobga olgan holda ulgurji savdo uchun DT;

• yakuniy iste’molchi uchun mahsulotni to‘g‘ri qabul qilish va sotish bo‘yicha tayyor yechimga ega chakana savdo uchun dasturiy ta’minot.

Yakunda tomonlar «NZ-Muhandis» kompaniyasining 2025-yilga mo‘ljallangan «Asl Belgisi» tizimi doirasida mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun dasturiy ta’minot yechimlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli rejalarini muhokama qildilar.

Scroll to Top