20-21 avgust kunlari Qo‘qon shahrida “Asl Belgisi” raqamli markirovkalash MAT operatori “DESTEC” MCHJ integratori bilan birgalikda «INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICALS» AJda raqamli kodlarni stikerlash usuli bilan qo‘llash jarayonini optimallashtirdi.
Tadbir O‘zbekistonda agrokimyo mahsulotlarini markirovkalash bo‘yicha pilot loyiha doirasida o‘tkazildi. Birinchi bosqichda sohaning beshta yetakchi korxonasi o‘z mahsulotlarini ixtiyoriy ravishda markalashga qaror qildi. Noyob raqamli kodlar barcha turdagi o‘g‘itlarga: azotli, fosforli, kaliyli va murakkab o‘g‘itlarga, mikroo‘g‘itlarga va hatto brommetanga (metilbromid), shuningdek, insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, o‘simliklarning o‘sishini tartibga soluvchilar, dezinfeksiyalovchi vositalar kiritiladi. Tajriba 31-oktyabrgacha davom etadi.
«INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICALS» AJ O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridagi eng qadimgi o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri bo‘lib, 1935-yilda tashkil etilgan. Ayni paytda korxonada ammoniylashtirilgan superfosfat, tibbiy kislorod, lak-bo‘yoq mahsulotlari, shuningdek, o‘t o‘chirish kukunlari faol ishlab chiqarilmoqda.