Asl Belgisi mutaxassislari ishtirokida farmatsevtika biznesi bo‘yicha trening

28-mart kuni «Oazis» biznes markazida buxgalterlar, moliyachilar va farmkompaniyalar rahbarlari uchun tashkil etilgan trening bo‘lib o‘tdi.

Yetakchi spiker soliq maslahatchisi, xalqaro buxgalter (DipIFR), buxgalteriya hisobi bo‘yicha trener Lola Karimova bo‘ldi.

Markirovka masalalari bo‘yicha spikerlar «Dori vositalari» mahsulot guruhi bo‘limi mutaxassisi Ali Vakilyev va bo‘lim menejeri Dinara Ilyasova bo‘lishdi.

Ma’lumki, 2025-yil 1-apreldan farmatsevtika biznesi ustamalarini hisobga olish va soliqqa tortishning yangi qoidalari kuchga kiradi. Muhokama uchun dolzarb mavzular quyidagilar bo‘ldi: ulgurji va chakana farmatsevtika kompaniyalari uchun soliqlar; soliq registrlari va avtokameral tekshiruvlar; yangi BHMS (AT, tovarlar, valyuta) bo‘yicha buxgalteriya hisobi; yangi valyuta qoidalari bo‘yicha dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar va tibbiy buyumlar importi; mulk huquqining o‘tishi, import va eksport shartnomalari; dori vositalarining yangi hisobi; referent narxlar va markirovka; referent narxlar va markirovka bo‘yicha tekshiruvlar va jarimalar.

Trening distributsiya, import, dorixona biznesi, BFQ va tibbiy mahsulotlar bilan shug‘ullanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Scroll to Top