Asl Belgisi mutaxassislari ishtirokida «Biologik faol qo‘shimchalarni markirovkalash» mavzusida vebinar

2025-yil 28-mart kuni «Biologik faol qo‘shimchalarni markirovkalash» mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.

Jonli efirda «Dori vositalari» mahsulot guruhi bo‘limi mutaxassisi Ali Vakilyev va bo‘lim menejeri Dinara Ilyasova xtrace.aslbelgisi.uz tizimi bilan qanday ishlash kerakligi haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Onlayn-translyatsiya ishtirokchilari O‘zbekistonda oltita mahsulot guruhi: tamaki mahsulotlari, alkogol mahsulotlari, pivo va pivo mahsulotlari, maishiy va boshqa texnika, dori vositalari va tibbiy buyumlar, suv va salqin ichimliklar uchun majburiy raqamli identifikatsiya joriy etilgan yangi tizimdagi ishlarning muhim jihatlari va biologik faol qo‘shimchalarni markirovkalashga tayyorlashning nozik jihatlari haqida bilib oldilar.

Scroll to Top