Bugun, 2025-yil 1-may kuni O‘zbekiston agrar sohasida raqamlashtirishning yangi yo‘nalishi — unikal raqamli kodlardan foydalangan holda agrokimyo mahsulotlarini markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushirildi.
Olti oy davomida — 31 oktyabrgacha — «Asl Belgisi» tizimi bir qator agrokimyoviy vositalarga qo’llaniladi, jumladan:
• barcha turdagi o‘g‘itlar (azotli, fosforli, kaliyli, kompleksli);
• mikroo‘g‘itlar va metilbromid;
• o‘simliklarni himoya qilish vositalari (insektitsidlar, gerbitsidlar, fungitsidlar);
• o‘sish regulyatorlari, dezinfeksiyalovchi vositalar va hatto yopishqoq tasmalar.
Tajribaga beshta yetakchi agrokimyo ishlab chiqaruvchilari qo‘shildi:
• «Ifoda Agro Kimyo Himoya»
• Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals
• Maxam-Chirchiq
• Swissagro
• Schelkova Agrohim-O‘zbekiston
Tajriba loyihaning maqsadi agrokimyoni raqamli identifikatsiya qilishning barcha jarayonlarini ishlab chiqish va sohani 2026-yil may oyidan kuchga kiradigan majburiy markirovkaga tayyorlashdan iborat. Bu mahsulot ishlab chiqarish va import qilish ustidan shaffof nazorat o‘rnatish, kontrabanda xavfini kamaytirish, bozorda qalbakilashtirish holatlariga butunlay chek qo‘yish imkonini beradi.
Avvalroq «Asl Belgisi» tizimi farmatsevtika, maishiy texnika va ichimliklar kabi sohalarda o‘z samaradorligini isbotlagan edi. Endi uning texnologiyalari fermerlar o‘zlari ishlayotgan mahsulotning haqiqiyligi va sifatiga ishonch hosil qilishlari uchun qishloq xo‘jaligiga ham kirib kelmoqda.
Ushbu tashabbus Prezident tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» doirasida amalga oshirilmoqda. U o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan ishonchni oshirish, eksportni ko‘paytirish va ichki bozorni qalbakilashtirishdan himoya qilishga qaratilgan.
Loyiha rivojini Asl Belgisi platformalarida kuzatib boring! Biz O‘zbekistonda agrokimyo chinakam shaffof va xavfsiz bo‘lishi uchun harakat qilmoqdamiz.