Alyumin idishdagi ichimliklarni raqamli markirovkalashni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 25-iyun kuni «ASL BELGISI» raqamli markirovkalash milliy tizimi operatori «CRPT TURON» MCHJ tashabbusi bilan «Alyumin idishni raqamli markirovkalash» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir 2024-yil 1-avgustdan boshlab alyuminiy bankalardagi ichimliklar uchun majburiy raqamli markirovkani joriy etishga bag‘ishlangan.

Seminar alyumin bankalarni raqamli markirovkalash bilan bog‘liq texnologiyalar va yechimlarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlandi. Tadbir davomida ishtirokchilar markirovkalashni boshlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va B2B uchrashuvlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Seminar ishtirokchilari orasida Soliq qo‘mitasi vakillari, Markirovkalash tizimi operatori vakillari, suv va salqin ichimliklarning yirik ishlab chiqaruvchilari va importchilari, integrator kompaniyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bor edi.

Raqamli markirovka tovar aylanmasini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidir. Har bir mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar iste’molchi va ishlab chiqaruvchi tomonidan skanerlanishi mumkin bo‘lgan elektron ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Raqamli markirovkalash xaridorlar manfaatlarini ham himoya qiladi, chunki uning yordamida iste’molchi mahsulot haqida hamma narsani bilib olishi mumkin, bu esa xavfli yoki sifatsiz mahsulotni sotib olish xavfini kamaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda alyumin idishdagi pivo mahsulotlariga uch yil davomida raqamli markirovka qo‘llaniladi. Seminar doirasida eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri zavodda alyumin idishni markirovkalashni joriy etish jarayoni tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Raqamli markirovkani joriy etish bozorni oqlash va kontrafaktga qarshi kurashishning kuchli vositasi bo‘lib, halol va shaffof savdoni ta’minlaydi. Mahsulot qadog‘iga Data Matrix kodini joylashtirish qonuniy biznes va iste’molchilar manfaatlarini himoya qiladi, shuningdek, davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko‘paytirishga yordam beradi.

Markirovka tizimi O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab joriy etilmoqda va bugungi kunda oltita tovar toifasini qamrab oladi: dori vositalari, maishiy texnika, alkogol mahsulotlari, tamaki mahsulotlari, pivo mahsulotlari, shuningdek, suv va salqin ichimliklar.

Scroll to Top