Import qiluvchilar uchun raqamli markirovkalash bo‘yicha CRPT Turon vebinari bo‘lib o‘tdi

CRPT Turon ofisida 70 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirokida importchilar uchun vebinar (Zoom) o‘tkazildi. Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining tartibga soluvchi organi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirda Ilyasova Dinara va Axmetzyanov Yevgeniy so‘zga chiqib, raqamli markirovka tizimini joriy etishning asosiy jihatlarini batafsil yoritib berishdi.

Vebinar doirasida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi:
🔹 Raqamli markirovkaning maqsadi va vazifalari.
🔹 Ishtirokchilarni tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.
🔹 Markirovka kodlarini buyurtma qilish jarayoni.
🔹 Agregatsion import kodini (AIK) shakllantirish
🔹 Kodlarni elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) orqali uzatish.
🔹 Namunaviy xatolar va ularning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar.

Tizimni qo‘llashning amaliy jihatlariga, shuningdek, tovar aylanmasining shaffofligini ta’minlash va bozorda noqonuniy mahsulotlarga qarshi kurashishda raqamli markirovkaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Vebinar ishtirokchilari dolzarb masalalar bo‘yicha tushuntirishlar olib, raqamli markirovka tizimi talablaridan xabardorlikni oshirish va muvaffaqiyatli joriy etish uchun bunday tadbirlarning muhimligini ta’kidladilar.

Scroll to Top