CRPT TURON mutaxassislari 18-19 avgust kunlari Namangan shahridagi «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» MCHJ korxonasida texnologik xususiyatlarni hisobga olgan holda Data Matrix kodlarini stikerlash usuli bilan qo’llash jarayonini optimallashtirdi. “DESTEC” MCHJ integrator bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-maydan 31-oktyabrgacha sohaning beshta yetakchi kompaniyasi — Maxam-Chirchiq, Swissagro, Ifoda Agro Kimyo Himoya, Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals va Schelkova Agrohim-O‘zbekiston bozorni kontrafakt va qalbakilashtirilgan mahsulotlardan himoya qilish imkonini beruvchi tizimni sinovdan o‘tkazmoqda.
2026-yil 1-maydan barcha turdagi mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari uchun markirovkalash majburiy bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etishlari, hisob tizimlarini modernizatsiya qilishlari va xodimlarni o‘qitishlari kerak bo‘ladi.
“IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” MCHJ O‘zbekistondagi dehqon va fermer xo‘jaliklari, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun o‘simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish, shuningdek, ularni qo‘llash bo‘yicha maslahat berish bilan shug‘ullanadi.