Samarqandda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash usuli bilan markirovkalash yo‘lga qo‘yildi

“SCHELKOVO AGROHIM-O‘ZBEKISTON” MCHJ qo‘shma korxonasida agrokimyo mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasida ishga tushirish-sozlash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. “Asl Belgisi” raqamli markirovkalash milliy axborot tizimi operatori integrator “INTEGRATED TRADE SOLUTION ITS” MCHJ bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik talablarini hisobga olgan holda Data Matrix kodlarini qo‘llash jarayonini optimallashtirdi va mahsulotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash usuli bilan markirovkalash jarayonini ishga tushirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-maydan boshlab respublikadagi barcha turdagi o‘g‘itlar va pestitsidlar uchun markirovkalash majburiy bo‘ladi. Ushbu tovar guruhi ishlab chiqaruvchilari va importchilari ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, hisobga olish tizimlarini yangilash va xodimlarni o‘qitish uchun vaqtga ega.

“SCHELKOVO AGROHIM-O‘ZBEKISTON” MCHJ QK — 180 dan ortiq nomdagi agrokimyoviy mahsulotlar: gerbitsidlar, insektitsidlar, fungitsidlar, urug‘larni dorilash vositalari, fumigantlar, rodentitsidlar, desikantlar, feromonlar va boshqalarni ishlab chiqaradigan O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi.

Scroll to Top