“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida O‘zbekistonda mahsulotlarni raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirish taqdim etildi

2025-yil 28-aprel kuni Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” 5-Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Unda “CRPT TURON” kompaniyasi O‘zbekistonda “Asl Belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash milliy axborot tizimini rivojlantirish natijalarini namoyish etdi.

Tizim 2021-yilda ishga tushirilganidan buyon mamlakatimizda tamaki mahsulotlari, alkogol, pivo, dori vositalari, maishiy texnika, suv vasalqin ichimliklarni majburiy markirovkalash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda biologik faol qo‘shimchalarni ixtiyoriy ravishda markirovkalash tashabbusi faol rivojlanmoqda, shuningdek, agrokimyoviy mahsulotlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba boshlanmoqda.

“Innoprom. Markaziy Osiyo” dasturi CRPT TURON’ga milliy raqamli markirovkalash tizimi yutuqlarini taqdim etish, innovatsiyalarni joriy etish tajribasi bilan o‘rtoqlashish va O‘zbekistonda savdo aylanmasining shaffofligi va kuzatuvchanligini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish imkonini berdi.

“Innoprom” doirasida “Ongli iste’mol trendi yoki raqamli markirovka inson hayot sifatini qanday o‘zgartiradi” mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi vazirlik va idoralari vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan spikerlar: “CRPT TURON” bosh direktori Anatoliy Bachikalov, Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilari vakolatxonalari uyushmasi direktori Muhabbat Asqarova, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Markirovkalangan mahsulotlarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Absalomov.

Sessiyaning barcha ishtirokchilari O‘zbekistonda raqamli markirovka tizimini joriy etishning o‘z vaqtida va dolzarbligini ta’kidladilar va mahsulotlarni markirovkalashni muvaffaqiyatli joriy etish faktlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Raqamli markirovka tizimi O‘zbekistondaallaqachon o‘z samaradorligini isbotlagan universal yechimdir. U ta’minot zanjirlarini nazorat qilish, tovarlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish va soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, iste’molchilarga tovar haqida batafsil ma’lumot olish, xarid qilinayotgan mahsulot sifatiga ishonch hosil qilishda yordam beradi.

“Asl Belgisi” raqamli markirovka tizimi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki import qilishdan tortib kassada sotishgacha bo‘lgan barcha markirovkalash va kuzatib borish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. U Soliq va Bojxona qo‘mitalari va boshqa hokimiyat organlari resurslari bilan integratsiyalashgan bo‘lib, yagona nazorat tizimini yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Markirovkalangan mahsulotlarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Absalomov raqamli markirovka davlat nazoratining muhim vositasiga aylangani va mamlakat byudjetiga soliq tushumlarini ko‘paytirishga yordam berganini ta’kidladi: “Biz alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda moliyaviy oqimlarning o‘sishini kuzatmoqdamiz. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilish hajmi 2023-yilga nisbatan 14,5 foizga, tamaki mahsulotlari esa 26,4 foizga oshgan. 2024-yilda markirovkalash tizimi ishtirokchilari tomonidan budjetga 26,4 trlnso‘m soliq to‘langan. Xususan, birgina tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i summasi 2,9 trln. so‘mni tashkil etib, 30,7 foizga oshgan.”

Ruslan Absalomov, shuningdek, har bir dori qadog‘i davlatning qat’iy nazorati ostida bo‘lishi kerak bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasida ham raqamli markirovka tizimini joriy etishdan sezilarli natijalar sezilayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda biologik faol qo‘shimchalarni raqamli markirovkalashni joriy etish tashabbusi ishlab chiqaruvchilarning o‘zidan chiqqan.

Raqamli markirovkani joriy etishning ta’siri haqida gapirar ekan, “CRPT TURON” bosh direktori Anatoliy Bachikalov, xususan, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash uchun mobil ilovadan foydalanish muhimligini ta’kidladi: “Raqamli markirovka bugungi kunda xavfsizlikva sifatni qadrlaydigan har bir kishi uchun ishonchli yordamchiga aylanmoqda. O‘z sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urish tafsilotlarga e’tibor berishdan boshlanadi, raqamli markirovka esa shaffoflik va ishonchning yangi ufqlarini ochadi. Asl Belgisi mobil ilovasi iste’molchilarga tovarlarning qonuniyligiga mustaqil ravishda ishonch hosil qilish, ularning kelib chiqishi, ishlab chiqarilishi, sanasi, yaroqlilik muddati va boshqa muhim xususiyatlari haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Mamlakatimizda ilova aholi o‘rtasida talabga ega. Bugungi kunda undan 300 mingga yaqin kishi muntazam foydalanmoqda. Agar 2021-yilda skanerlashlar soni atigi 93 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil apreliga kelib bu ko‘rsatkich 85 barobarga oshdi.

Yaqin orada yangi funksiyani ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz – foydalanuvchilar dorilarning maksimal chakana narxini bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Oxirgi yangilanishda allaqachon dori vositalarining o‘rtacha narxini ko‘rish va agar dori yuqori narxda sotilsa, shikoyat qilish imkoniyati qo‘shildi. Bunday xizmatlar foydalanuvchi tajribasini kengaytirishva iste’molni yanada ongli va oqilona qilish imkonini beradi.”

Ishtirokchilar o‘rtasida aholi salomatligi vahayotini muhofaza qilish masalasi juda dolzarb mavzuga aylandi. Sessiya nomining o‘zi ham ramziy ma’noga ega bo‘ldi – “Ongli iste’mol trendi”. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ishtirokchilar eng dolzarb zamonaviynmuammolardan biri – biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) bozorida kontrafakt mahsulotlarning tarqalishiga katta e’tibor qaratdilar. Mahalliy kompaniyalarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bozordagi biologik faol qo‘shimchalarning 70 foizi noqonuniy hisoblanadi. Demak, bunday tovarlar “oq” biznesga ham, iste’molchilarga ham halokatli ta’sir ko‘rsatadi.

Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari vaishlab chiqaruvchilari vakolatxonalari uyushmasi direktori Muhabbat Asqarovaning so‘zlariga ko‘ra, “noqonuniy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarining arzonligi tufayli bozor ulushini egallab olishadi, bu odatda sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermaydi. Agar ular uchun bu tez pul topish usuli bo‘lsa, qonuniy biznes uchun – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba. Kontrafakt tarkibida deklaratsiya qilinmagan komponentlar, zararli aralashmalar va eng yaxshi holatda mutlaqo foydasiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lishi mumkin. Iste’molchi bunday mahsulotga duch kelgan sharoitda nafaqat o‘z pulini, balki sog‘lig‘ini ham xavf ostiga qo‘yadi. Aynan shuning uchun biz, Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilari vakolatxonalari uyushmasi O‘zbekistonda BFQlarni markirovkalash tizimini joriy etishni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bu qadam iste’molchilarni ham, bozorning vijdonli ishtirokchilarini ham himoya qiladi. Raqamli markirovka mahsulotlar aylanmasining shaffofligi va qonuniyligining kafolati bo‘ladi, ishlab chiqarishdan tortib do‘kon rastalarigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda nazoratni ta’minlaydi. Qonunga itoatkor ishlab chiqaruvchilar sifatli mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor qaratishlari mumkin, iste’molchilar esa nima sotib olayotganlariga ishonch hosil qilishadi. Mexanizm bozorning nopok o‘yinchilarini yo‘q qilishga yordam beradi va raqobat uchun teng sharoit yaratadi.”

Barcha ishtirokchilar raqamli markirovka nafaqat “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashni faollashtirishga yordam beradi, balki qonuniy biznesni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi, degan umumiy fikrga kelishdi. Raqamli markirovkani joriy etishdan nafaqat davlat yutadi. Markirovka tizimi inson hayotining sifatiga ham ta’sir ko‘rsatadi: u iste’molchilarga tovarlarning sifati va xavfsizligini tekshirish vaularni ongli ravishda tanlash uchun ishonchli vositani taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, keng ko‘lamli tadbirning ochilish kunida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi hukumatiraisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov ishtirok etib, ularga O‘zbekiston va YeOII mamlakatlarida raqamli markirovkalash ishlari haqida so‘zlab berildi. Markirovkaning iste’molchilar uchun foydasi hamda O‘zbekiston va Rossiya – “Asl Belgisi” va“Chestniy znak” ilovalarining imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Prezidentiga Rossiya uskunalarining ishlashi ham namoyish etildi. Rossiya Savdo-sanoat palatasi Sanoat vasavdo vazirligi bilan hamkorlikda markirovkalash uchun uskunalarni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirdi. Bugungi kunda uskunalarni mahalliylashtirish 90 foizga yetmoqda. Shuningdek, “Kallisto” kompaniyasining alyumin qopqoqlarni markirovkalash bo‘yicha innovatsion texnologiyasi namoyish etildi. Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan texnologiyalar o‘ziga xos bo‘lib, markirovkalash uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Shuningdek, “Innoprom”da CRPT Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston o‘rtasida dori vositalarini yetkazib berishni soddalashtirish bo‘yicha asosiy hujjat – Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Tibbiyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dori preparatlarini (dori vositalarini) markirovkalash kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish maqsadida axborot hamkorligi to‘g‘risidagi Bitim doirasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi tibbiyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dori prepatlarini (dori vositalarini) markirovkalash milliy axborot tizimlari operatorlarining axborot hamkorligi Reglamenti imzolandi.

Hujjat 2025-yil 1-maydan kuchga kiradi. Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqichdir. Markirovka kodlarini o‘zaro tan olish orqali logistika va dori vositalarini yetkazib berish soddalashtiriladi, shuningdek, ikki mamlakat farmatsevtika bozoriga ishonch ortadi.

Scroll to Top