ASL BELGISI.BUSINESS мobil ilovasi

Ilova markirovkalangan mahsulot bilan ishlashda kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun mo‘ljallangan.

ASL BELGISI.BUSINESS ilovasidan foydalanishdan maqsad

Markirovkalangan mahsulot bilan ishlashni soddalashtirish (mahsulotni tekshirish, elektron hujjatlarni rasmiylashtirish) va markirovkalangan mahsulot bilan ishlash uchun uskunalar va dasturiy ta’minotni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish.

Bu ilovaning funksiyalari

Raqamli markirovka kodlarini skanerlash:

– iste’mol va guruhli qadoqlardagi Data Matrix kodlari;
– transport qadoqlarining SSCC kodlari.

Skanerlash natijalari haqida ma’lumot olish:

– mahsulot guruhi
– qadoq turi
– markirovka kodining holati
– markirovka kodining egasi
– mahsulot haqidagi axborot

ASL BELGISI.BUSINESS ilovasi bilan har doim biznesda ishonchli bo‘lish mumkin!

Markirovkalangan mahsulotni tekshirish uchun ASL BELGISI.BUSINESS mobil ilovasini o‘rnatish, telefon kamerasini mahsulotda joylashgan markirovka kodiga yo‘naltirish va mahsulot haqida barcha ma’lumotlarni olish kerak: mahsulot tavsifi, ishlab chiqarilgan sana, joriy holat, yuk jo‘natuvchi.

Scroll to Top