Alkogol mahsulotlarini raqamli markirovkalashni joriy etish bosqichlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi «Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 737-son qaroriga muvofiq, «Alkogol» mahsulot guruhini majburiy raqamli markirovkalash 2021-yil 1-yanvardan boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qaroriga muvofiq, "Alkogol mahsulotlari" mahsulot guruhini majburiy raqamli markirovkalash 2021-yil 1-yanvardan boshlanadi.

"Alkogol mahsulotlari" mahsulot guruhi markirovkasi bosqichma-bosqich joriy etildi. Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:

1) iste’mol o‘ramiga raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushirish, shuningdek alkogolli mahsulotlarni markirovkalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritish:

  • spirtli ichimliklar - 2021-yil 1-yanvardan boshlab;
  • vino va vinochilik mahsulotlari - 2021-yil 1-yanvardan boshlab;
  • metall, shu jumladan alyuminiy idishlardagi alkogol mahsulotlari - 2021-yil 1-dekabrdan boshlab.
    2) alkogol mahsulotlari agregatsiyasini ta’minlaydi:
  • spirtli ichimliklar - 2021-yil 1-dekabrdan boshlab;
  • vino va vinochilik mahsulotlari - 2021-yil 1-dekabrdan;

metall, shu jumladan alyumin idishlardagi alkogol mahsulotlari - 2022-yil 1-noyabrdan boshlab.

  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 943-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy yuridik shaxslar va qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori (tanishib chiqish)

Asosiy bosqichma-bosqich harakatlar

Elektron raqamli imzoni olish

ERI – bu elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qo‘l imzosining muqobili. ERIdan foydalanish kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni minimallashtirgan holda yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tezroq almashish imkonini beradi. Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin

ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tish

“Asl Belgisi” MAT – Mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish monitoringi milliy axborot tizimi. Ushbu tizimda mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun mahsulotlarni markirovkalash bilan bog‘liq barcha ishlar: mahsulotlarni tavsiflash va markirovkalash kodlariga buyurtma berishdan tortib, markirovkalangan mahsulotlarni kiritish va muomaladan chiqarishgacha amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy bosqich bo‘lib, usiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga asosan markirovka bilan ishlash mumkin emas.

Elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha markalangan mahsulotlarni olish

Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) – mahsulotning sotib olinganligi yoki sotilganligini (ishlarning bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjat.  EHF yordamida aylanma ishtirokchilari mahsulotni bir-biriga beradi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi «O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 522-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari 2020-yil 1-yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar tizimidan foydalanishi shart. 

Markirovkalangan mahsulotlarni elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha berish

Markirovka kodlarini hisobvaraq-fakturaga kiritishning bir necha usullari mavjud.
1. Qo‘lda – bu usul kam miqdordagi mahsulotlarni sotadiganlar uchun mos keladi.
2. Faylni elektron hujjat aylanish operatoringiz foydalanadigan formatda yuklash (odatda excel formatida). Bunday faylni markirovka kodlari bilan to‘ldirish uchun maxsus qurilmalar – ikki o‘lchovli lazer skanerlari, ma’lumotlarni yig‘ish terminallaridan foydalanish maqbuldir.
3. Maxsus dasturiy ta’minotga ega avtomatlashtirilgan tizim yordamida API usullari (sotiladigan mahsulot hajmi katta bo‘lgan mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun mos keladi).

Foydali videoroliklar

Scroll to Top