
Maishiy texnika va elektronikani raqamli markirovkalash
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida maishiy texnikalarni majburiy markirovkalash yo‘lga qo‘yildi.
Maishiy texnika markirovkasi bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
Maishiy texnikani markirovkalash muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi "Maishiy texnikani majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 148-son qaroriga asosan tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, maishiy texnika vositalarini majburiy raqamli markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etildi.
- birinchi guruh - changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, sovutgich va muzlatgichlar, televizorlar va monitorlar - majburiy markirovkalash 2022-yil 15-apreldan boshlandi;
- ikkinchi guruh - maishiy gaz plitalari, dudburonlar, duxovka va plitalar, mikroto‘lqinli pechlar, dazmollar, suv isitgichlar - majburiy markirovkalash 2022-yil 1-avgustdan boshlandi.
- uchinchi guruh - suv isitgichlar, konditsionerlar, o‘rnatilgan elektr motorli elektr maishiy texnika (sharbat siqqichlar, blenderlar, mikserlar, qahva maydalagichlar, go‘sht maydalagichlar), barcha turdagi yoritgichlar - 2022-yil 1-noyabrdan boshlab majburiy markirovkalash boshlandi.
Maishiy texnika mahsulotlarini raqamli markirovkalash quyidagicha amalga oshiriladi:
- raqamli identifikatsiya vositalari bevosita ishlab chiqarish liniyasida omborga jo‘natishdan oldin iste’mol qadog‘iga qo‘llash uchun maxsus ajratilgan joyda (majburiy), mahsulot va mahsulot pasportiga esa - muomala ishtirokchisining ixtiyoriga ko‘ra qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda markirovkalash O‘zR chegaralarini kesib o‘tishdan oldin (jo‘natish vaqtida yoki ishlab chiqarishda) yoki "erkin muomala" rejimida bojxona rasmiylashtiruvidan oldin amalga oshirilishi kerak;
- raqamli identifikatsiyalash vositasi shunday qo‘llaniladiki, bunda raqamli identifikatsiyalash vositasini iste’mol qadog‘idan va buyumdan uni shikastlantirmagan holda ajratib olishning imkoni bo‘lmaydi. Qo‘llashning eng maqbul joyi - bu tovar haqidagi shtat yorlig‘iga qo‘shish, alohida stiker bilan qo‘llash mumkin;
- raqamli identifikatsiya vositalari shaffof plyonkaga yoki boshqa tashqi qadoqlash materialiga bosilmasligi va boshqa ma’lumotlar bilan yopilmasligi kerak.
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 943-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy yuridik shaxslar va qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori (tanishib chiqish)
Asosiy bosqichma-bosqich harakatlar
Elektron raqamli imzoni olish
ERI – bu elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qo‘l imzosining muqobili. ERIdan foydalanish kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni minimallashtirgan holda yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tezroq almashish imkonini beradi. Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin
ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tish
“Asl Belgisi” MAT – Mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish monitoringi milliy axborot tizimi. Ushbu tizimda mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun mahsulotlarni markirovkalash bilan bog‘liq barcha ishlar: mahsulotlarni tavsiflash va markirovkalash kodlariga buyurtma berishdan tortib, markirovkalangan mahsulotlarni kiritish va muomaladan chiqarishgacha amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish majburiy bosqich bo‘lib, usiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga asosan markirovka bilan ishlash mumkin emas.
Elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha markalangan mahsulotlarni olish
Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) – mahsulotning sotib olinganligi yoki sotilganligini (ishlarning bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjat. EHF yordamida aylanma ishtirokchilari mahsulotni bir-biriga beradi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi «O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 522-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari 2020-yil 1-yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar tizimidan foydalanishi shart.
To‘rtinchi qadam
Markirovka kodlarini hisobvaraq-fakturaga kiritishning bir necha usullari mavjud.
1. Qo‘lda – bu usul kam miqdordagi mahsulotlarni sotadiganlar uchun mos keladi.
2. Faylni elektron hujjat aylanish operatoringiz foydalanadigan formatda yuklash (odatda excel formatida). Bunday faylni markirovka kodlari bilan to‘ldirish uchun maxsus qurilmalar – ikki o‘lchovli lazer skanerlari, ma’lumotlarni yig‘ish terminallaridan foydalanish maqbuldir.
3. Maxsus dasturiy ta’minotga ega avtomatlashtirilgan tizim yordamida API usullari (sotiladigan mahsulot hajmi katta bo‘lgan mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun mos keladi).