ASL BELGISI mobil ilovasi

ASL BELGISI mobil ilovasi mahsulotlar sifatini nazorat qilishning keng qo‘llaniladigan vositasiga aylandi. Iste’molchilar tomonidan ilovani iOS va Android platformalarida yuklab olib, o‘rnatishlar soni 2025-yil boshiga kelib 280 mingga yetdi.

ASL BELGISI ilovasining takomillashtirilgan versiyasi. “CRPT TURON” raqamli markirovka tizimi operatori iOS va Android platformalaridagi iste’molchilar uchun ASL BELGISI mobil ilovasining dizayni va funksionalini yangiladi.

Ilovaning yangi versiyalarida foydalanish uchun maksimal darajada qulay interfeys yaratilgan, skanerlash sifati va tezligi yaxshilangan, mahsulotlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar mavjud.

ASL BELGISI mobil ilovasi jamoatchilik nazoratining samarali vositasi hisoblanadi. Uning funksiyalari yordamida iste’molchi dori vositalari, tamaki, maishiy texnika, pivo va alkogol mahsulotlari, shirin ichimliklar va suvning aslligini tekshirishi mumkin. Bu halol ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga, bozorni “oqlashga” shuningdek, sog‘lom raqobatni yaratishga yordam beradi.

Agar mahsulot sifatli va qonuniy bo‘lsa, kodni skanerlash natijasi quyidagicha bo‘ladi:

✅ Mahsulot tekshirildi

Natijalar quyidagicha bo‘lsa, mahsulot xarid qilishdan voz kechish mumkin:

▪️ mahsulotning yaroqlilik muddati tugagan

▪️ shubhali mahsulot

▪️ mahsulot hisobdan chiqarilgan yoki muomaladan chiqib ketgan

▪️ mahsulot sotildi

▪️ kod tizimda topilmadi

Markirovkalangan mahsulotni tekshirish uchun ASL BELGISI mobil ilovasini o‘rnatish, telefon kamerasini mahsulotda joylashgan markirovka kodiga yo‘naltirish va mahsulot haqida barcha ma’lumotlarni olish kerak: ishlab chiqaruvchi, tarkibi, yaroqlilik muddati va boshqa muhim xususiyatlari.

Scroll to Top