
Tamaki mahsulotlarini raqamli markirovkalash
Tamaki mahsulotlarini raqamli markirovkalashni joriy etish qoidalari va muddatlari “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan belgilangan.
Tamaki mahsulotlarini majburiy markirovkalash Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qarori bilan joriy etildi. Mahsulotlarni raqamli markirovkalash qoidalari va tamaki mahsulotlarini raqamli markirovkalashning o‘ziga xos xususiyatlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori bilan belgilandi.
Filtrli sigaretalar bo‘yicha: 2021-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan xorijiy ishlab chiqaruvchilar faqat markirovkalangan filtrli sigaretalar ishlab chiqarishni amalga oshiradi 2020-yil 31-dekabrga qadar ishlab chiqarilgan markirovkalanmagan filtrli sigaretalar aylanmasiga 2021-yil 31-dekabrga qadar ruxsat beriladi.
Filtrli sigaretalar:
2021-yil 1-yanvardan boshlab faqat markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqariladi va import qilinadi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab ishlab chiqaruvchilar ulgurji bo‘linmaga faqat markirovkalangan mahsulotlarni yuklaydilar;
2021-yil 1-oktyabrdan boshlab distribyutorlar chakana bo‘g‘inga faqat markirovkalangan mahsulotlarni jo‘natadi;
2022-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida markirovkalanmagan sigaretalarni sotish taqiqlanadi.
2022-yil 1-oktyabrdan barcha turdagi tamaki mahsulotlari, shu jumladan, qizdiruvchi tamakini majburiy markirovkalash joriy etiladi.
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 943-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy yuridik shaxslar va qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori (tanishib chiqish)
Asosiy bosqichma-bosqich harakatlar
Elektron raqamli imzoni olish
ERI – bu elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qo‘l imzosining muqobili.
ERIdan foydalanish kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni minimallashtirgan holda yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tezroq almashish imkonini beradi.
ERIni qanday olish mumkin
ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tish
“Asl Belgisi” MAT – Mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish monitoringi milliy axborot tizimi. Ushbu tizimda mahsulot aylanishi ishtirokchilari uchun mahsulotlarni markirovkalash bilan bog‘liq barcha ishlar: mahsulotlarni tavsiflash va markirovkalash kodlariga buyurtma berishdan tortib, markirovkalangan mahsulotlarni kiritish va muomaladan chiqarishgacha amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish majburiy bosqich bo‘lib, usiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga asosan markirovka bilan ishlash mumkin emas.
Elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha markirovkalangan mahsulotlarni olish
Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) – mahsulotning sotib olinganligi yoki sotilganligini (ishlarning bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjat. EHF yordamida aylanma ishtirokchilari mahsulotni bir-biriga beradi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi «O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 522-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari 2020-yil 1-yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar tizimidan foydalanishi shart.
Markirovkalangan mahsulotlarni elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha berish
Markirovka kodlarini hisobvaraq-fakturaga kiritishning bir necha usullari mavjud.
1. Qo‘lda – bu usul kam miqdordagi mahsulotlarni sotadiganlar uchun mos keladi.
2. Faylni elektron hujjat aylanish operatoringiz foydalanadigan formatda yuklash (odatda excel formatida). Bunday faylni markirovka kodlari bilan to‘ldirish uchun maxsus qurilmalar – ikki o‘lchovli lazer skanerlari, ma’lumotlarni yig‘ish terminallaridan foydalanish maqbuldir.
3. Maxsus dasturiy ta’minotga ega avtomatlashtirilgan tizim yordamida API usullari (sotiladigan mahsulot hajmi katta bo‘lgan mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun mos keladi).