Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida

Vazirlar Mahkamasining 631-sonli (2022-yil 1-noyabrdagi) va 269-sonli (2023-yil 30-iyundagi) qarorlari mahsulot ishlab chiqarish, olib kirish va aylanmasini hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, respublikada noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning oldini olish, shuningdek, tovarlarning qonuniy aylanishini ta’minlashga qaratilgan.

Vazirlar Mahkamasining 631-son (11.11.2022 y.) va 269-son (30.06.2023 y.) qarorlari mahsulot ishlab chiqarish, olib kirish va aylanmasini hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, respublikada noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning oldini olish, shuningdek, tovarlarning qonuniy aylanishini ta’minlashga qaratilgan.

Hujjatlarning to‘liq versiyalari:

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qarorida suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida so‘z boradi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-iyundagi 269-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 943-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy yuridik shaxslar va qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori (tanishib chiqish)

Asosiy bosqichma-bosqich harakatlar

Elektron raqamli imzoni olish

ERI – bu elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qo‘l imzosining muqobili.
ERIdan foydalanish kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni minimallashtirgan holda yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tezroq almashish imkonini beradi.
ERIni qanday olish mumkin

ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tish

“Asl Belgisi” MAT – Mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish monitoringi milliy axborot tizimi. Ushbu tizimda mahsulot aylanishi ishtirokchilari uchun mahsulotlarni markirovkalash bilan bog‘liq barcha ishlar: mahsulotlarni tavsiflash va markirovkalash kodlariga buyurtma berishdan tortib, markirovkalangan mahsulotlarni kiritish va muomaladan chiqarishgacha amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy bosqich bo‘lib, usiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga asosan markirovka bilan ishlash mumkin emas.

Tizimda balansni to‘ldirish

1. Markirovka kodlari uchun to‘lov hisobini olish uchun, avvalo, Asl Belgisi Yagona shaxsiy kabinetida avtorizatsiyadan o‘tish zarur.
2. Kerakli mahsulot guruhini tanlaymiz.

Mahsulotni Markirovkalangan mahsulotlar reestrida ro‘yxatdan o‘tkazish

Har bir atributning mahsulot guruhlari bo‘yicha batafsil tavsifi ASL BELGISI Ma’lumot markazi – «Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri» bo‘limida mavjud. Bo‘limni ko‘rish uchun foydalanuvchi registratsiyasi/avtorizatsiyasi zarur.

Buning uchun ikkita amal bajarilishi kerak:
1. Ro‘yxatdan o‘tish
2. Ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga havola yuboriladigan hisobni faollashtirish. Bo‘limni ko‘rish mumkin bo‘ladi. 

Markirovka kodlarini buyurtma qilish va qabul qilish

Ishtirokchining shaxsiy kabinetida markirovkalash kodlari buyurtmasini shakllantirish uchun «Kodlarga buyurtma berish» bo‘limiga o‘tish lozim.

Markirovka kodlarini qo‘llash to‘g‘risida hisobot topshirish

Agregatsiyalangan import kodini shakllantirish

Raqamli identifikatsiya vositalarini qo‘llamagan holda mahsulotni muomalaga kiritish, shuningdek mahsulotni olish, saqlash, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish yoxud uni buzgan holda realizatsiya qilish majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish deb hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish va mahsulotni bojxonadan o‘tkazish

AIK import qiluvchi tomonidan mahsulotlarni «Erkin muomala (import) » bojxona rejimiga (IM 40) rasmiylashtirishda 31-ustunning 6-raqamli bojxona yuk deklaratsiyasida (BYuD) ko‘rsatiladi.

Foydali videoroliklar

Scroll to Top