
Pivo mahsulotlarini raqamli markirovkalash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi «Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 737-son qaroriga muvofiq, «Pivo va pivo mahsulotlari» mahsulot guruhini majburiy raqamli markirovkalash 2021-yil 1-apreldan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qaroriga muvofiq 2021-2022-yillarda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy etiladigan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi (1-ilovaga qarang.)
Alkogol va pivo mahsulotlarini raqamli markirovkalashni joriy etish qoidalari va muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan belgilangan. "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror.
4-ilovada majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan alkogol mahsulotlari turlarining ro‘yxati keltirilgan:
- spirtli ichimliklar;
- vino va vinochilik mahsulotlari;
- pivo va pivo mahsulotlari.
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 943-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarori (tanishib chiqish)
- Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy yuridik shaxslar va qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori (tanishib chiqish)
Asosiy bosqichma-bosqich harakatlar
Elektron raqamli imzoni olish
ERI – bu elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qo‘l imzosining muqobili.
ERIdan foydalanish kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni minimallashtirgan holda yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tezroq almashish imkonini beradi.
ERIni qanday olish mumkin
ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tish
“Asl Belgisi” MAT – Mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish monitoringi milliy axborot tizimi. Ushbu tizimda mahsulot aylanishi ishtirokchilari uchun mahsulotlarni markirovkalash bilan bog‘liq barcha ishlar: mahsulotlarni tavsiflash va markirovkalash kodlariga buyurtma berishdan tortib, markirovkalangan mahsulotlarni kiritish va muomaladan chiqarishgacha amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish majburiy bosqich bo‘lib, usiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga asosan markirovka bilan ishlash mumkin emas.
Tizimda balansni to‘ldirish
1. Markirovkalash kodlari uchun to‘lov hisobini olish uchun, birinchi navbatda, Asl Belgisi shaxsiy kabinetida avtorizatsiyadan o‘tish kerak.
2. Kerakli mahsulot guruhini tanlaymiz.
Mahsulotni Markirovkalangan mahsulotlar reestrida ro‘yxatdan o‘tkazish
Har bir atributning mahsulot guruhlari bo‘yicha batafsil tavsifi ASL BELGISI Ma’lumot markazi – «Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri» bo‘limida mavjud. Bo‘limni ko‘rish uchun foydalanuvchi registratsiyasi/avtorizatsiyasi zarur.
Buning uchun ikkita amal bajarilishi kerak.
1. Ro‘yxatdan o‘tish.
2. Ko‘rsatilgan e-mail manziliga havola chiqadigan hisobni faollashtirish. Bo‘limni ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Markirovka kodlarini buyurtma qilish va qabul qilish
Ishtirokchining shaxsiy kabinetida markirovka kodlari buyurtmasini shakllantirish uchun «Kodlarga buyurtma berish» bo‘limiga o‘tish lozim.
Markirovka kodlarini qo‘llash to‘g‘risida hisobot topshirish
Markirovka kodlarini bir maqomdan boshqasiga o‘tkazish uchun Asl Belgisi NISda quyidagi hisobotlarni tayyorlash kerak.
1. Mahsulotga markirovka kodlarini qo’llash hisoboti.
2. Markirovka kodlarini hisobdan chiqarish (brak/dropout).
3. Markirovka kodlarini agregatsiyalash hisoboti.
4. Dezagregatsiya holati.
Agregatsiya hisobotini topshirish
Agregatsiya – iste’mol qadog‘idagi mahsulotlarni birinchi darajali guruhli qadoqqa va (yoki) transport qadog‘iga, shuningdek, yaratilayotgan qadoqqa har bir kiritilgan iste’mol qadog‘i, transport qadog‘ining guruhli qadog‘i identifikatsiya kodlarining yaratilayotgan guruhli qadoq va (yoki) transport qadog‘ining identifikatsiya kodi bilan o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydigan identifikatsiya kodini kiritgan holda keyingi darajali transport qadog‘iga birlashtirish.
Agregatsiyalangan import kodini shakllantirish
Raqamli identifikatsiya vositalarini qo‘llamasdan mahsulotni muomalaga kiritish, shuningdek mahsulotni olish, saqlash, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish yoxud uni buzgan holda realizatsiya qilish majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish deb hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish va mahsulotni bojxonadan o‘tkazish
AIK import qiluvchi tomonidan mahsulotlarni «Erkin muomala (import) » bojxona rejimiga (IM 40) rasmiylashtirishda 31-ustunning 6-raqamli bojxona yuk deklaratsiyasida (BYuD) ko‘rsatiladi.
Markirovkalangan mahsulotlarni elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha berish
Markirovka kodlarini hisobvaraq-fakturaga kiritishning bir necha usullari mavjud.
1. Qo‘lda – bu usul kam miqdordagi mahsulotlarni sotadiganlar uchun mos keladi.
2. Faylni elektron hujjat aylanish operatoringiz foydalanadigan formatda yuklash (odatda excel formatida). Bunday faylni markirovka kodlari bilan to‘ldirish uchun maxsus qurilmalar – ikki o‘lchovli lazer skanerlari, ma’lumotlarni yig‘ish terminallaridan foydalanish maqbuldir.
3. Maxsus dasturiy ta’minotga ega avtomatlashtirilgan tizim yordamida API usullari (sotiladigan mahsulot hajmi katta bo‘lgan mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun mos keladi).