Pivo mahsulotlarini raqamli markirovkalash​

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi «Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 737-son qaroriga muvofiq, «Pivo va pivo mahsulotlari» mahsulot guruhini majburiy raqamli markirovkalash 2021-yil 1-apreldan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qaroriga muvofiq 2021-2022-yillarda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy etiladigan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi (1-ilovaga qarang.)

Alkogol va pivo mahsulotlarini raqamli markirovkalashni joriy etish qoidalari va muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan belgilangan. "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror.

4-ilovada majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan alkogol mahsulotlari turlarining ro‘yxati keltirilgan:

  • spirtli ichimliklar;
  • vino va vinochilik mahsulotlari;
  • pivo va pivo mahsulotlari.
  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 737-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 943-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarori (tanishib chiqish)
  • Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy yuridik shaxslar va qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori (tanishib chiqish)
  •  

Asosiy bosqichma-bosqich harakatlar

Elektron raqamli imzoni olish

ERI – bu elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qo‘l imzosining muqobili.
ERIdan foydalanish kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni minimallashtirgan holda yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tezroq almashish imkonini beradi.
ERIni qanday olish mumkin

ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tish

“Asl Belgisi” MAT – Mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish monitoringi milliy axborot tizimi. Ushbu tizimda mahsulot aylanishi ishtirokchilari uchun mahsulotlarni markirovkalash bilan bog‘liq barcha ishlar: mahsulotlarni tavsiflash va markirovkalash kodlariga buyurtma berishdan tortib, markirovkalangan mahsulotlarni kiritish va muomaladan chiqarishgacha amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy bosqich bo‘lib, usiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga asosan markirovka bilan ishlash mumkin emas.

Elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha markalangan mahsulotlarni olish

Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) – mahsulotning sotib olinganligi yoki sotilganligini (ishlarning bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjat.  EHF yordamida aylanma ishtirokchilari mahsulotni bir-biriga beradi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi «O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 522-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari 2020-yil 1-yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar tizimidan foydalanishi shart. 

Mahsulotni onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) orqali sotishda muomaladan chiqarish

Majburiy markirovkalash joriy etilishi bilan markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sotish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga muvofiq, markirovkalash tizimida nafaqat raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning aylanmasi monitoringi, balki markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi ham qayd etiladi.

Foydali videoroliklar

Scroll to Top