ASL BELGISI raqamli markirovkalash milliy axborot tizimi
Markirovkalash tizimining asosiy vazifasi — iste’molchilarga xarid qilinayotgan mahsulotning aslligi va belgilangan sifatini kafolatlashdir.
ASL BELGISI — Mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi. Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan
Bizning maqsadimiz
O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali jamiyat, biznes va hukumatga raqamli iqtisodiyotni yaratishda ko‘maklashish, biznes yuritish uchun teng sharoitlarni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish va turmush darajasini oshirishga hissa qo‘shish
Markirovka bu nima?
Raqamli markirovka — bu mahsulot yoki mahsulot qadog‘iga maxsus kodni qo‘llash jarayoni bo‘lib, uning maqsadi — markirovkalangan mahsulot harakatini kuzatishdir. Mahsulotlarni markirovkalashning asosiy vazifasi —iste’molchilarga xarid qilinayotgan mahsulotning aslligi va belgilangan sifatini kafolatlashdir.
Mahsulotlarni markirovkalash bosqichlari
Mahsulotlarni markirovkalash bosqichlari
Davlat tomonidan vakolat berilgan operator — “CRPT TURON” MCHJ — har bir mahsulotga ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi uni mahsulot qadog‘iga joylashtirishi uchun noyob Data Matrix kodini beradi.
Mahsulot harakati har bir bosqichda qayd etiladi
Data Matrix raqamli kodi — bu yo‘qotish yoki soxtalashtirish mumkin bo‘lmagan “passport”dir. U mahsulotning zavoddan iste’molchigacha bo‘lgan butun yo‘lini kuzatish imkonini beradi.
Do‘konda mahsulot kodi skanerlanadi
Markirovka tizimi mahsulotning butun logistika zanjiri bo‘ylab o‘tishini, shu jumladan mahsulotni rastaga joylashtirishda do‘kondagi kodni tekshirishni qayd etadi, bu esa qalbakilashtirish imkoniyatini istisno qiladi.
Mahsulot haqidagi barcha haqiqatlar mobil ilovada
ASL BELGISI ilovasi qonuniylikni tekshirish va mahsulot haqidagi barcha haqiqatni bilib olishga yordam beradi, shunda xaridor faqat tekshirilgan va sifatli mahsulotlarni qo‘lga kirita oladi.
Data Matrix-kod
Mahsulot qadog‘iga Data Matrix-kodini joylashtirish kontrafakt va kontrabandaga qarshi samarali kurashish, qonuniy biznes va iste’molchilarni himoya qilish, shuningdek, davlatga soliq yig‘uvchanligini oshirish imkonini beradi.
Data Matrix-kod ikki qismga bo‘linadi: tizimda va yagona mahsulot katalogida mahsulotning o‘rnini aniqlaydigan identifikatsiya kodi va mahalliy kriptografiya texnologiyalari yordamida operator tomonidan ishlab chiqariladigan tekshiruv kodi yoki kripto-dum
ASL BELGISI tizimida har bir bosqichda mahsulot harakatini qayd etish hisobiga mahsulotning egizaklari paydo bo‘lishi va uni bozorga qayta chiqarish imkoniyati istisno etiladi.
Raqamli markirovkani joriy etishdan olinadigan foyda
Iste’molchi uchun
- Original va sifatli mahsulotlarni xarid qilish
- Qonuniy mahsulotlardan foydalanish orqali turmush darajasini oshirish
- Jamoatchilik nazorati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vositasi
Biznes uchun
- “Kulrang” segmentni bozordan siqib chiqarish hisobiga daromadning o‘sishi
- Jarayonlarni optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish
- Sog‘lom raqobat uchun teng sharoitlar
- Tizim ma’lumotlari asosida biznes-tahlil sifatini yaxshilash
- Halol ishlab chiqaruvchining brendi va obro‘sini himoya qilish
Davlat uchun
- Bozorlar savdo aylanmasining shaffofligini ta’minlash
- Soliq va bojxona to‘lovlarining o‘sishi
- Qalbakilashtirilgan va kontrafakt mahsulotlar ulushini kamaytirish
- Davlat organlari tomonidan nazorat samaradorligini oshirish